“Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi oʻrni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari”. “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Termiz davlat universitetida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ana shu mavzuga bag'ishlandi. 

“Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi oʻrni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari”. “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Termiz davlat universitetida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ana shu mavzuga bag'ishlandi. 


4-bor oʻtkazilayotgan mazkur xalqaro ilmiy anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor G.Rixsiyeva hamda Fransiya, Chexiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Tojikiston, Ozarbayjon kabi oʻnga yaqin davlatlardan 30 nafarga yaqin xorijlik olimlar va Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ilm-fan vakillari ishtirok etishdi. 


Unda soʻz olgan olimlar Surxon vohasining inson sivilizatsiyasidagi oʻrni, bu zamin juda boy tarixiy va madaniy yodgorliklarni oʻzida mujassam eta olgani va bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari bilan dunyo hamjamiyati tomon odimlab borayotgan voha ekanligini alohida eʼtirof etishdi. Ayniqsa, YUNESKOning eʼtiboriga tushgan Boysun tumani “Insoniyatning ogʻzaki va nomoddiy merosi durdonasi” sifatida qaralishi taʼkidlandi.


— Boysunning “etno”si betakror. U “Ochiq osmon ostidagi muzey”. Insoniyatning ibtidosi shu yerda , – deydi Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov. – Dunyo oʻquvchilari Teshiktoshni biladi. Teshiktoshni oʻqib ulgʻayishadi. Boysun fenomeniga yana bir moʻjiza qoʻshildi. “Yerosti Everesti” shu yerda joylashgan. U dunyodagi eng chuqur, Krubera gʻoridan (Gruziya) qariyb 500 metr chuqur boʻlib, 2650 metrni tashkil qilmoqda.


Konferensiya o'z ishini 4 ta — Surxondaryo – buyuk tamaddun beshigi, Oʻrta asrlarda Surxon vohasining moddiy va nomoddiy madaniyati, Voha aholisining nomoddiy madaniyatida anʼanaviylik va zamonaviy koʻrinishlari hamda Mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti shoʻbalarga bo'lingan holda davom ettirdi. Yakunda konferensiya ijobiy yakunlaganligi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Report Page