Suriyadagi terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgan shaxs aniqlandi
IIV TQD Terrorizmga qarshi kurashish xizmatiOʻzbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2001-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Toʻxtayev Muxammadali Rustam oʻgʻli, Turkiyaga borib, u yerda “Katiba al-Gʻuroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining taʼsiriga tushganligi hamda aylanma yoʻllar orqali Suriyaga oʻtib, ushbu tashkilot safiga qoʻshilganligi, hozirda jangovar harakatlarda qatnashib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim. 2-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida, chet davlatlarda yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh boʻlishiga chaqiramiz. Oʻzingizning taqdiringizga befarq boʻlmang.