Suriyadagi terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgan shaxs aniqlandi

Suriyadagi terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgan shaxs aniqlandi

IIV TQD Terrorizmga qarshi kurashish xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2001-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Toʻxtayev Muxammadali Rustam oʻgʻli, Turkiyaga borib, u yerda “Katiba al-Gʻuroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining taʼsiriga tushganligi hamda aylanma yoʻllar orqali Suriyaga oʻtib, ushbu tashkilot safiga qoʻshilganligi, hozirda jangovar harakatlarda qatnashib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim. 2-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida, chet davlatlarda yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh boʻlishiga chaqiramiz. Oʻzingizning taqdiringizga befarq boʻlmang.

Report Page