Surenota cho’qqisi (2042 metr). + Oqsoqota kanyoni.
Trekking.uz
Surenota bu Chotqol tizmasidan Oqsoqotasoy vodiysi orqali alohida ajralib chiqqan tog’ hisoblanadi. Cho’qqiga chiqish uchun 4 xil marshrut mavjud, biz amalda uzoqroq va ajoyib bo’lgan yo’ldan foydalanamiz. Ushbu trek davomida Nurekotasoy va Oqsoqotasoy vodiylarining yuqoridan hayratlanarli ko’rinishi tomosha qilishingiz va qalin archazorlardan iborat o’rmonlardan o’tishingiz mumkin. Ayni qish faslida ushbu hududga tashrif buyurib ulkan kengliklar va Oqsoqotasoyning ajoyib kanyoni guvohi bo'lasiz.




• Yurish masofasi: umumiy 16 km.
• Ko’tarilish balandligi: 1062 metr.
• Qiyinlik darajasi: o’rtachadan yuqori.
• Marshrut turi: aylanma (sayohat davomida turli yo’llardan foydalaniladi).
• Jo’nash nuqtasi: Oybek metro.
• Jo'nash vaqti: 07:00.
• Qaytish vaqti: 19:00 gacha.




💰Tur narxi: 390 000 so‘m (Ikki tomonlama transport, gid xizmatlari, issiq choy va trekking tayoqchasi).
❗️Trekking davomida sizdan talab etiladi: Odatiy qishki issiq kiyim, nam o’tkazmaydigan etik va tabingizga ko’ra yegulik.




Trekkinga yozilish uchun telegram (@trekkingUZB) orqali murojaat qiling 📩


Ro'yxatdan o'tish muddati va joylar soni cheklangan‼️



Trekking Uzbekistan/@trekking.uz