Support & QA Specialist

Support & QA Specialist


Компания: Uniplatforms

Локация: Toshkent shahri

Формат работы: Офис

Зарплата: 4 000 000 - 5 000 000 UZS

Biz IT loyihamiz uchun Support & QA Specialist qidirmoqdamiz. Ushbu mutaxassis foydalanuvchilar bilan ishlash, tizimdagi xatolarni aniqlash va mahsulot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.

Asosiy vazifalar

  • Foydalanuvchilardan kelgan murojaatlarni (chat/Telegram) qabul qilish va hal etish
  • Tizimdagi xatolarni aniqlash, qayta tiklash (reproduce) va hujjatlashtirish
  • Bug’lar bo‘yicha aniq va tushunarli report tayyorlash (screenshot/video bilan)
  • Yangi funksiyalarni release’dan oldin test qilish
  • Dasturchilar bilan yaqin hamkorlikda ishlash

Talablar

  • Support/QA sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi
  • Web yoki mobil ilovalarni test qilish bo‘yicha amaliy tajriba
  • Texnik muammolarni tahlil qila olish va aniq ifodalash qobiliyati
  • Mas’uliyatlilik, diqqat va muloqot ko‘nikmalari
  • Rus va o'zbek tillarini bilish (mijozlar orasida rus tilida gaplashuvchilar bor)

Sharoitlar

  • Oylik maosh: 4 000 000 – 5 000 000 so‘m
  • O‘sish va rivojlanish imkoniyati
  • Yirik loyihada (mln foydalanuvchiga ega) tajriba oshirish
  • Ish vaqti: Dushanba-Juma, 9:00-18:00
Faqat CV bilan murojaat qilinsin

Откликнуться: @alisher_ashurov

Report Page