Talabalar uchun Issiqkoʻl boʻyidagi kurortda 5 kunlik yozgi dastur: ishtirok etish bepul, barcha xarajatlar qoplanadi!

Qayerda: Qirgʻiziston
Kim uchun: Bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, magistrlar va aspiratlar uchun
Ariza topshirish muhlati: 2021-yilning 15-iyuligacha
Asosiy maʼlumot
Qirgʻizistondagi Xalqaro rivojlanish instituti boshqa bir qancha davlat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Spiritual and Moral Development of the Individual in Contemporary Society” nomli yozgi talabalar dasturini taklif etmoqda. Dastur 2021-yilning 3-8-avgust kunlari Qirgʻizistonda joylashgan Issiqkoʻl koʻlida sohilidagi Vityaz kurortida boʻlib oʻtadi.
COVID-19 sababli Qirgʻizistonga bora olmaganlar Zoom orqali qatnashadi.
Dasturda ishtirokchilarda ijtimoiy fanlar va tarix fanlari sohasi, shuningdek, shu sohalarga aloqador boshqa sohalarda oʻzining bilimi va tadqiqot koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan. Dastur ingliz tilida olib boriladi.
Dasturning manfaatli jihatlari
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- Dasturda bepul ishtirok etadi.
- Qirgʻizistonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
- Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
COVID-19 sababli Qirgʻizistonga bora olmaganlar Zoom orqali qatnashishi mumkin boʻladi.
Talablar
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Bakalavriatning oxirgi bosqichi talabasi, magistr yoki aspirant boʻlishi kerak.
- Istalgan taʼlim yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.
- Nomzod Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston yoki Qirgʻizistonda tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
- Ingliz tilida muloqot qila olishi kerak.
Hujjat topshirish jarayoni
Dasturga hujjatlar 2021-yilning 15-iyuligacha qabul qilinadi. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni elgaouejkhaoula@gmail.com elektron manziliga yuqorida koʻrsatilgan sanagacha yuborishi lozim:
- CV.
- Universitetda oxirgi olingan baholar.
- Talaba nega yozgi talabalar dasturida ishtirok etishni xohlashi va nimalarga erishishga umid qilayotgani haqidagi 250 soʻzli bayon.
- Talabaning yozgi talabalar dasturi davomida tadqiqot loyihasi sifatida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan joriy tadqiqoti haqidagi 250 soʻzli bayon.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy eʼloni bilan batafsil tanishib chiqing.
Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar