"Summer Trading Challenge 2024"da qatnashish bo'yicha yo'riqnoma

"Summer Trading Challenge 2024"da qatnashish bo'yicha yo'riqnoma

Jett Investment Service

"Summer Trading Challenge 2024" tanlovi "Toshkent" Respublika fond birjasi tomonidan tashkil etilgan tanlov bo'lib, u fond bozorida ishtirokchilarning soni va faolligini oshirishni o'z oldiga maqsad qilgan. Ushbu tanlovda eng faol va yuqori daromad natijalarini ko'rsatgan ishtirokchilar rag'batlantiriladi, mukofot jamg'armasi - 150 mln. so'm.

Tanlov to'g'risida batafsil ma'lumotni tanlovning rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin: https://toptrader.uz

Tanlov shartlari

"Summer Trading Challenge 2024" tanlovida qatnashish uchun Jett servisida yangi hisob ochish yoki mavjud hisobingizni qo'shishingiz mumkin.

Quyidagi brokerlarda mavjud bo'lgan hisobraqamlaringizni qo'shishingiz mumkin:

1."ALKES RESEARCH" MChJ 2."Silk Capital" MChJ

3."Kapital Depozit" MChJ 4."Freedom Finance" MChJ

5."Portfolio Investments" MChJ 6."Leader Finance Capital" MChJ

7."Leader Finance" MChJ 8."TAT-Reestr" MChJ

9."HBCapital" MChJ

Agar sizning hisobraqamingiz boshqa brokerda ochilgan bo'lsa, unda brokeringizga murojaat qilishingiz mumkin. Broker servis bilan hamkorlik o'rnatgandan so'ng siz ham hisobingizni Jett servisiga ulab, tanlovda ishtirok etishingiz mumkin bo'ladi.

Jett servisi orqali Brokerlik hisobraqamini 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari hamda O‘zbekistonda yashovchi nerezidentlar onlayn ochishlari mumkin. Chet el fuqarolari uchun hisobraqam brokerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri @alkesresearch telegram manziliga murojaat qilish orqali ochiladi.

Jett servisida masofadan turib brokerlik hisobraqamini ochish xizmati narxi

12,000 so‘mni tashkil etadi.

Brokerlik hisobraqamini onlayn ochish uchun:

1. Multicard ilovasini Play Market yoki App Store dan yuklab oling;

2. Ilovada avtorizatsiyadan o‘tib, keyinchalik brokerlik hisobraqamini to‘ldirish uchun bank kartasi (UZCARD yoki HUMO)ni bog‘lang;

3. Bosh sahifada "Investitsiyalar" bo‘limida "Boshlash" tugmasini bosing;

4. “Hisob raqam ochish” tugmasini bosing va onlayn identifikatsiyadan o‘tish uchun, pasport seriyasi hamda tug‘ilgan sanangizni kiriting;

5. Identifikatsiyadan o‘ting hamda sizning ma’lumotlaringiz ko‘rsatilgan sahifada elektron pochtangiz manzilini yozing va brokerlik hisobraqamini onlayn ochish xizmatiga to‘lov qilish uchun kartani tanlang;

6. Investitsiya vositachisining xizmat ko‘rsatish shartnomasi va Jett servisidan foydalanish shartlari bilan tanishing. Kataklarni belgilab, roziligingizni tasdiqlang. "Davom etish" tugmasini bosishingiz bilan brokerlik hisobraqami ochish bo‘yicha arizangiz qabul qilinadi.

Brokerlik hisobraqami "Toshkent" Respublika fond birajasining ish vaqtida (ish kunlari soat 9:30 dan 16:00 gacha) ariza berilganidan so‘ng 15 daqiqa ichida onlayn tarzda ochiladi.


Tanlovdada ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ketma-ketlikni bajarishingiz kerak:

1."Challenge" bo'limiga o'tib, u yerda tanlovda ro'yhatdan o'tish va qatnashish shartlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

2. Ro'yxatdan o'tish uchun balansingizda eng kamida 500.000 so'm bo'sh mablag' bo'lishi kerak. Balansda pul yetarli bo'lsa o'zingiz uchun 'Taxallus'(Nickname) ni kiritasiz va ro'yxatdan o'tish tugmasini bosasiz.

3.Ro'yxatdan o'tgandan keyin bu sahifada kunlik reytingni kuzatib borishingiz mumkin.Agar natijalar bir xil hisoblansa ular bir xil o'rinda bo'ladi.Va o'rinlar komissiya qaroriga ko'ra hal qilinadi.Natijalarni hisoblash uchun formulani quyidagi hujjatda ko'rishingiz mumkin: "Konkurs qoidalari"

Tanlov aksiyalarini ajratish

  1. Aksiyalar tikeri yonidagi maxsus belgi orqali

2. Filter orqali ajratib olish

3. Tanlov aksiyalari ro'yxati






Report Page