Summer Coding Camp: TA’TILDA DASTURLASHNI O’RGANIB DAM OLAMIZ!

Summer Coding Camp: TA’TILDA DASTURLASHNI O’RGANIB DAM OLAMIZ!

PDP.uz | Administration
Summer Code Camp

Kompyuter, mobil telefon, internetsiz kunimizni tasavvur qilish qiyin bo’lib qolgan bugungi kunda eng zarur va talab katta bo’lgan soha – dasturlashni o’rganish uchun yozgi ta’tilda qulay imkoniyatingiz bor.

Xurmatli o’quvchi, talaba yoki mehnat qilayotgan yosh xodim Siz yozgi ta’tilga qanday rejalar tuzdingiz?

Yozgi tatilni samarali o’tkazishni albatta xohlaysiz. Eng foydali o’tkazish usuli bu – ilm-hunar o’rganishdir. Bugun ilm-hunar o’rganishga 3 oy vaqt sarflaysiz va ertaga ish topish, biznes boshlashga ortiqcha vaqti sarflamaysiz, chunki sizda g’oyalaringizni amalga oshirish uchun kerakli boshlang’ich bilim bor bo’ladi. 

Psixologlarning fikriga ko’ra inson dam olishi – bu faoliyat turini o’zgartirishi hisoblanar ekan. Yani yozda ta’tilda bekorchilik yoki passiv faoliyat bilan vaqtni o’zkazish, bu shunchaki vaqtdan yutqazishdir. Ayniqsa, bugungi tezkor rivojlanib borayotgan zamonda bu juda qimmatga tushishi mumkin.

Yozgi ta’til vaqtidan unumli foydalanishni xohlagan shunday yoshlar uchun “PDP dasturlashni o’rgatish o’quv markazi” ajoyib loyihani tayyorladi.

Loyiha “Summer coding camp” yani “Yozgi Dasturlash oromgohi” deb nomlanib 15 yoshdan katta bo’lgan barcha yoshlar uchun mo’ljallangandir. Ayniqsa, yuqori sinf o’quvchilari, talabalar va yosh xodimlarga yaxshi imkoniyatdir.

Nima uchun dasturlashni o’rganish ahamiyatli:

-       Hozirgi kunda xodimlardan kompyuterni kuchli bilish talab qilinmoqda;

-       Korxona va tashkilotlarda ish jarayonlari, hisob – kitoblar dasturlashtirilib, avtomatlash bormoqda;

-       Tadbirkorlik, startuplar uchun katta imkoniyatlar davri bo’lmoqda;

-       Kundalik hayotda internetdan foydalanish odatga aylandi, noutbuk, mobil telefon doimiy vositaga aylandi, ulardan professional darajada foydalana olish karera va biznes uchun katta imkoniyatlarni ochadi.


Yozgi ta’tilda dasturlashni o’rganish nima beradi:

-       Zamonaviy, ish haqi yuqori bo’lgan ilm-hunarni o’rganasiz;

-       Talab katta bo’lgan mutaxassisga aylanishingiz mumkin;

-       Asosiy mutaxassislingizni rivojlanishiga sabab bo’ladigan ilmni o’rganasiz;

-       Shundoq ham ko’p vaqtingizni oladigan internet va noutbukdan samarali foydalanishni, imkoniyatlaridan foydalanishni o’rganasiz;

-       O’z g’oyangizni pul keltiradigan biznesga aylantirish yo’llarini o’rganasiz.


Qisqa vaqt – 3 oylik yozgi ta’til davrida dasturlashni o’rganish mumkinmi? Bu avvalo insonni o’ziga, uning qiziqishiga bog’liq. U Veb dasturlashni, game development (o’yinlar dasturchisi), mobil ilovalar dasturlovchi yoki robot texnologiyalariga kod yozuvchi dasturchi bo’lishni maqsad qilishi mumkin.

Lekin, insonning tabiati shundayki uning orzulari, istaklarini cheksiz bo’ladi. Ularga erishish uchun esa harakat va o’ziga yarasha mashaqqat talab qilinadi.

Real qaraydigan bo’lsak, siz bu 3 oy ichida kuchli dasturchi bo’lmassiz, lekin, har kuni to’liq dars qilish, tajribali ustoz bilan birga ishlash natijasida dasturlash asoslarini o’rganishingiz, hamma dasturlash sohalari uchun umumiy bo’lgan texnologiyalarni, boshlang’ich bilimlarni, xususan veb dasturlashning muhim qismi bo’lgan Frontend qismini o’rganib olishingiz mumkin.

Va shu Frontend texnologiyalarini o’rganish bilan siz dasturalash olamida o’z o’rniga ega mutaxassisga – Frontend dasturchiga aylanasiz. Shu bilimingizni amaliyotga tadbiq qilish bilan siz o’zingizga ko’p imkoniyat eshiklarini ochishingiz mumkin. Ishga kirish, frilanser ishlash, mustaqil ravishda o’z loyihalaringizni yaratib daromad qilishingiz mumkin.

Aytish mumkinki, 3 oylik, ya'ni 12 haftalik dasturlashni o’rgatish BootCampida Frontend yo'nalishining HTML, CSS, Flexbox, Sass, JavaScript, jQuery, JavaScript asosidagi turli kutubxonalar, React va Redux, Git, Gulp va boshqa zamonaviy texnologiyalarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Frontend development o'quv rejasi:

▪️ Davomiyligi:      12 hafta;

▪️ Guruh sigʻimi:   20 talaba (bir guruhda), 2 ta guruh tashkil qilinadi;

▪️ Oʻquv tili:            O'zbek tilida;

▪️ Darslar vaqti:    Haftada 5 kun (dushanba-juma), 25 soat.

     Dars vaqti kuniga 5 soatdan:

1-guruh: 08:00 - 13:00,

   2-guruh: 14:00 - 19:00.

O’quv kursining 3 oy (12 hafta, 300 soat dars) uchun to’liq narxi 2 400 000 soʻm

Endi, asosiy maqsad bo’lgan ishga kirish va daromad qilish haqida to’xtalsak. Dasturchi sifatida faoliyat yuritishni shartli ravishda uch davrga bo’lib tahlil qilib ko’raylik.

Birinchi davr – o’qib o’rganish davri. Kerakli, o’zi qiziqqan, axborot bozorining talabidagi dasturlash texnologiyalarini o’rganish bosqichi.

Ikkinchi davr – ish boshlash bosqichi. Yoki mustaqil, frilanser ishlashi yoki kompaniyalarga ishga kirishi mumkin.

Uchinchi davr – o’z mustaqil biznesini yaratish, o’zining loyihalarini amalga oshirish bosqichi.

Yuqoridagi bosqichlarda eng muhim davr bu ishga joylashish yoki ish boshlash bosqichidir.

Kompaniyalarning ishga qabul qilish talablari qiyin. Siz esa o’z bilimingiz va qobiliyatingizni ko’rsatib bera olishingiz, rezyume va portfolio qanday tayyorlashingizga bog’liq. Chunki, inson dasturlashni o’rganishi mumkin, lekin o’rgangan texnologiyalarini amaliyotga tadbiq qilmasa esdan chiqaradi. Va oqibatda sohada o’z o’rinini topolmay qiyinchilikka duch keladi.

Bizning Frontend o’quv kursimizda dasturlashni o’rganish bilan birga dasturlovchi rioya qilishi kerak bo'lgan kasbiy qoidalar, ish samaradorligini oshirish usullari, shuningdek, professional tarzda rezyume va portfolio tuzish, ish beruvchi bilan onlayn yozishmalar olib borish, gaplashganda nimalarga e'tibor berish kerakligi bo’yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Asosiy maqsad - o'quvchida nafaqat o’z mutaxassisligini bilishi, balki o'sha mutaxassisligi haqida professional tarzda muloqotga kirisha olish malakasini shakllantirishdir.

Dasturlashni o’rganing va kuchli mutaxassislikni hozirdan tanlang. Bu shunday kasb-hunarki daromad keltirib turadigan hobbidir, doimiy o’qib o’rganadigan ilmdir, jamiyatning barcha sohalariga kerakli mutaxassisdir.

Ta’til boshlanishiga oz vaqt qoldi, lekin guruhlarda joylar cheklangan. Bu yilgi ta’tilingizni boshqacha o’tishini, yani foydali va qiziqarli o’tishini xohlasangiz bizning yozgi o’quv kursimizga yoziling.

Barcha qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi aloqa vositalari orqali olishingiz mumkin:

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzOfficial

Facebook: fb.me/pdp.uz


Report Page