Sudlanmaganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma

Sudlanmaganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma

Manpower Consult Group XBA

Sudlanmaganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma nima uchun kerak?

Xorijda ishga joylashish va viza olish uchun asosiy hujajtlardan biri hisoblanadi. Odatda ma'lumotnoma muddati 3 oydan ko'p bulmasligi lozim. Agar muddati 3 oydan o'tgan bo'lsa, aksariyat holalr Elchixona yoki ish beruvchi, qaytadan ma'lumotnoma tavsiya qilishni talab qilishi mumkin!

Ba'zi davlatlar, masalan Slovakiya, ushbu ma'lumotnoma "apostile", ya'ni O'zbekistondagi tegishli organ tomonidan tasdiqlanishini talab qiladi. O'zbekistonda "apostile" qilish Tashqi ishalr vazirligining konsullik xizmati tomonidna amalga oshiriladi. "Apostile" qilish uchun to'lanadigan davlat boji 80 ming so'm (o'zgarib boradi), ba'zan xizmat ko'rsatuvchi firma ham o'z marjasini qo'yishi mumkin (odatda 20-30 ming so'm qo'shiladi).

Sudlanmaganlik to'g'risidagi ma'lumotnomani 3 ta yo'l bilan olishingiz mumkin:

#Hujjatlar

1. My.Gov.Uz orqali (tuliq manzil - https://my.gov.uz/ru/information-inquiries-absence-conviction-v2/applicant-information-applicant/create)

Buning uchun sizda raqamli imzo kaliti (ETsP) bo'lishi kerak.

2. Tuman Ichki Ishlar Bo'limi. 

Uzingiz yashab turgan tumandagi ichki ishlar bo'limiga murojaat qilasiz. Hozirgi kunda sizni Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilishingizni tavsiya etishlari mumkin.

3. Davlat xizmatlari agentligi orqali 

Eng qulay va asosiy yo'l. Yagona darcha, bir darcha ham deb ataladi ba'zan.




Asosiy sahifaga qaytish

________________

#Manpower

@ManpowerXBA | @ManpowerXBAbot

+998995010057 |+998995510057

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | LinkedIn

Report Page