Sud ekspertiza faoliyati boʼyicha yangi tadqiqot turlari joriy etiladi

Sud ekspertiza faoliyati boʼyicha yangi tadqiqot turlari joriy etiladi

@adliyangiliklari

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazida Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida sud ekepertiza faoliyatini takomillashtirish boʼyicha uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Markaz tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalari atroflicha muhokama etildi.

Markazning sud ekspertlik faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, norma ijodkorligi va aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlari, kadrlar bilan ishlash, xalqaro hamkorlik, jamoatchilik bilan aloqalar, sifat menedjmenti faoliyati, axborotlashtirish sohasida hamda moddiy texnik ta’minot yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalari haqida Markaz direktori va masʼul xodimlari tomonidan ma‘lumot berildi.

Uchrashuvda sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish bo‘yicha xorjiy tajribani o‘rganish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish ta'kidlandi.

Shuningdek, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizaning yangi, shu jumladan Sud-soliq ekspertizasi va Oziq-ovqat mahsulotlarini tovarshunoslik ekspertizasi, tadbirkorlik sub’ektlarining boy berilgan foydasini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va boshqa tadqiqot turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish yuzasidan rejalar belgilab olindi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

Report Page