Subchyotlar bo'yicha qoldiqlarni olib o'tish bo'yicha turli masalalar

Subchyotlar bo'yicha qoldiqlarni olib o'tish bo'yicha turli masalalar

uzasboyangiliklari
Savol: Barcha subchyotlar bo'yicha qoldiqlar kiritib chiqilgandan keyin ham aylanma qaydnomada 000000 subchyotga qoldiq chiqib turishining sababi nimada?

Javob: UzASBO-2'da aylanma qaydnomada ma'lumotlar hisobraqam kesimida yuritiladi. Eski dasturda hisobraqam kesimida yuritilmagan. Shuningdek, ma'lum bir manba bo'yicha subchyotlar qoldig'i bilan yakuniy moliyaviy natijalar subchyotlardagi qoldiq o'zaro muvofiq kelishi ham tahlil qilinmagan.

Misol uchun, tashkilotning rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari bo'yicha hisobraqamida 1 mln. so'm qoldiq mavjud. Lekin rivojlantirish jamg'armasi bo'yicha boshqa hech qanday aktiv yoki majburiyatlar bo'lmasada, 283-subchyotda hech qanday qoldiq mavjud emas. Bu esa xato hisoblanadi.

Yoki tashkilotda bir nechta byudjet hisobraqami mavjud, lekin qoldiq kiritishda 280-subchyot qoldig'i faqat bitta hisobraqamni tanlagan holda kiritildi. Aslida, har bir manda bo'yicha kiritilishi kerak edi.

Shu sababli yakuniy moliyaviy natija subchyotlarini olib o'tishda eski dasturdagi qoldiqqa e'tibor bermaslik, barcha subchyotlar bo'yicha qoldiq olib o'tilgandan so'nggina 000000 subchyotdagi qoldiqdan kelib chiqib, hisobraqamlar bo'yicha qoldiqni kiritish tavsiya etiladi.

Savol: Tashkilotlar bo'yicha qoldiq qayerdan kiritiladi?

Javob: Hujjatlar-Davr boshiga qoldiqlarni kiritish qismida 4 ta hujjat mavjud. ShG'H bo'yicha qoldiq qismida tegishli SHG'Hga bog'langan kassa xarajati subchyotlarining qoldig'i kiritiladi. 01.01.2024 holatiga qoldiq kiritilayotganligi sababli hujjatning pastki kassa xarajati va haqiqiy xarajati qismlari to'ldirilmaydi, chunki bu ustunlarda yil boshida ma'lumot bo'lmaydi. Ya'ni yilni yakunlash o'tkazmalari berilgan va bu subchyotlarda qoldiq qolmagan bo'ladi. Mos ravishda byudjet hisobraqamlar bo'yicha ham qoldiq kiritilmaydi.

TMZ bo'yicha qoldiq qismida TMZlar kiritiladi.

Asosiy vositalar bo'yicha qoldiq qismida esa asosiy vositalar kiritiladi.

Yuqoridagilardan boshqa barcha subchyotlar bo'yicha qoldiqlar subchyotlar bo'yicha qoldiq qismida kiritiladi. Bunda agar yetkazib beruvchilar bilan 2024-yilda shartnomalar tuzilmagan bo'lsa, avval tegishli shartnomalarni dasturning Hujjatlar-To'lov hujjatlari-Shartnoma qismiga kiritib chiqish kerak bo'ladi.

Shuningdek, bu yerda import qilib kiritish faqat bolalar va talabalar uchun yo'lga qo'yilgan. Qolgan subchyotlar qoldig'i qo'lda kiritib chiqiladi.

Savol: Asosiy vositalar bo'yicha eskirish summasi boshqa subchyotda o'tiribdi, nima qilsa bo'ladi?

Javob: Asosiy vositalar bo'yicha qoldiq hujjatini bekor qilib, qayta tasdiqlash kerak.

Savol: Asosiy vosita va TMZlar eski dasturda ayni vaqtda ishlamaydigan va uzASBO-2'da ham ma'lumotlari mavjud bo'lmagan xodimda turibdi. Qoldiqni qanday olib o'tsa bo'ladi?

Javob: Qoldiqni olib o'tishda bo'lim kodi va tegishli moddiy javobgar shaxsning JSHSHIRi muhim. Ularning nomlanishi va FIO mutlaqo ahamiyat kasb etmaydi. Shu sababli main.uzasbo.uz'da bo'ynida asosiy vosita va TMZ turgan xodimga JSHSHIR sifatida yangi dasturdagi tegishli odamning JSHSHIRini kiritib qo'ysa bo'ladi. Shuningdek, main.uzasbo.uz'da Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida bir JSHSHIR faqat bir odamda bo'lishi kerak. JSHSHIR bo'yicha qidiruv berib, bu JSHSHIR boshqa xodimlardayam ko'rsatilmaganligiga ishonch hosil qilish kerak. Agar bir odam bir necha marta kiritilgan va ularning barchasida asosiy vosita va TMZlar mavjud bo'lsa, qoldiqni navbatma-navbat olib o'tiladi. Ya'ni to'g'ri JSHSHIRni ulardan bittasiga qo'yib, boshqalarida esa JSHSHIRning raqamlarini biroz o'zgartirib turiladi. Bu moddiy javobgar shaxsdagi qoldiq olib o'tilgandan so'ng, bundagi JSHSHIR xatosiga o'zgartirilib, boshqa biriga to'g'ri JSHSHIR kiritib, undagi qoldiq olib o'tiladi.

Report Page