Stress haqida (2-qism)

Stress haqida (2-qism)

MS Ergashev

Yana foydali maqola yozishga qaror qilganimda, qaysi mavzu bo'yicha yozish kerakligi haqida uzoq o'ylab o'tirmadim. Birdan hayolimga stress keldi. Bunga asosiy ikki sabab bor:

  1. Yaqindagina Davronbek Turdiyevning "Tasodifga aldanganlar" loyihasining 2-qismini premyerasi bo'lib o'tdi. Bu ilmiy video meni stressga bo'lgan qarashlarimni anchayin o'zgartirdi. Stress haqidagi qarashlarimni go'yoki qayta kashf qildim.
  2. Ayni damda menda uchrab turgan muammolarning eng katta sababchisi stressdir.

Meni o'qiyotgan Pofigist o'quvchim, bilaman sen hamma narsaga ko'ndalang qo'ygansan. Ammo, ishon, bu maqola hayotingda aniq asqotadi, maqola uzunligini ko'rib, bu manga nafig kerak deb chiqib, yana kechasi bilan zerikmasliging uchun chat gruppalardan qiz topishga kirishib ketma. Miyyangga rahming kelsin, u anovi suyak ichida zerikib ichishga berilib ketgan.

Demak, men boshladim. Stress bu - organizmning (hayoli buzuq makaka qaytib o'qi organizm deb yozilgan) stressorlarga javob reaksiyasidir. Demak organizm tashqi muhit omillariga reaksiya bildiradi hamda inson hayotida hayvonlardan farq qiluvchi (faqat ba'zi odamlarga taaluqli shu qismi) ijtimoiy muhit ham mavjud. Aksariyat hollarda stressga aynan ijtimoiy muhit olib keladi. Stress organizmning immun xususiyatini pasaytirib yuboradi, ishtahasini ham bo'g'ib qo'yadi. Immun tizim so'ngach, organizmda nofaol holatda yashab kelayotgan organizmga zarar keltiruvchi tuzilmalar ham uyg'ona boshlaydi. Organizm qo'riqchisi kuchsizlangan, uni ustiga, ishtaha ham yo'q, tashqi muhitdan immun tizimini qo'llab-quvvatlaydigan vitamin va kerakli energiya ham kirmayapti. U markaziy nerv tizimiga ham kuchli ta'sir qiladi, hamda insonni asabiy qilib qo'yadi.

Shu ondan boshlab sendagi muvaffaqiyatga erishishing uchun muhim bo'lgan omillar seni tark etadi(agar avval bo'lgan bo'lsa). Chunki, muvaffaqiyatga erishish uchun kuchli o'qish kerak (bu gapni 3-sinf odobnoma o'qituvching hamda mahalladagi boboylar qayta-qayta takrorlab z qilib yuborgan bilaman), kuchli o'qish uchun senga anchayin sog'lom miyya kerak. Har qanday holatda ham salbiy stressdan qochish kerak, u senga faqatgina ziyon keltiradi xolos. Markaziy nerv tiziming normal faoliyat yuritmasa, bu seni foydali ish koeffitsiyentingni (FIK'ni, ha maktabda senga fizikadan FIK nimaligi o'tilgan, bu hali ham yodingda ekanigini bilb o'zingni Eynshteynday his qilma, sen maktabni koridorda bitirgan, direktor va o'qituvchilardan bir umr la'nat eshitib o'qigan, hammani yodida qolgan o'quvchisan. Lekin havotir olma, yaxshi yangilik ham bor, bu haqida hech kimga aytmayman) tushirib yuboradi. Men albatta kuchli mehnat qilsam boy bo'laman, aniq maqsasdga yetaman deb o'ylama. Bu uchun albatta stressga tushishdan qochish kerak. Buni sabalarini esa quyida bayon qilaman mening pofigist og'am:

Stress 2 xil katta guruhga bo'linadi (o'zimni fikrimga ko'ra guruhladim, fiziologiya o'qituvchingdan stress guruhlari haqida so'raganingda boshqa javobni aytsa, hayolingda srazu anavi axmoq xato yozgan ekan deb o'ylama.) - sen uchun foydali va zararli. Odamlar miyyasida jinsiy aloqa qanchalik yomon taasurot qoldirgan bo'lsa (xuddi odam o'dirishdek yomon ish), stress ham shunday taasurot qoldirgan. Stressning hammasi ham zararli emas. Umuman olganda stress organizmga suv va havo qanday kerak bo'lsa, shunchalik kerakdir.

Buni Jon Kelxun degan olim sichqonlar ustida olib borgan "25-borliq" degan tajribasida isbotladi. Tajribalarning bosqichlari haqida gapirib o'tirmayman va qisqa qilib uning mohiyati va undan chiqadigan xulosalar haqida gapiraman. Xulosa shuki, oziq muhiti mo'l va hamma sharoitlar bo'lgan sichqonlar hayotida qiyinchilik yo'qligi hamda yashab qolishida mushkulotlarni ro'y bermaganligi sabab ham depressiyaga berilgan va hatto o'z tug'ilgan bolalarini yeb qo'yish - kannibalizmgacha borgan.

Кэлхун, Джон (этолог)

Demak hayotida stress yoq'ligi ularni aqldan ozdirib, depressiyaga tushirgan. Sen: "Bu sichqon bo'lsa, biz odammizku, kallang bormi manyak?!" deyishing mumkin. Ammo, Polvon, fikrlashga shoshilma, odamlar hayotida ham aynan shu hodisa o'z isbotini topgan.

Kelli Rodjers. Hozir u farrosh bo'lib ishlaydi. 17 yoshida deyarli 2 million yevro yutib olgan.

Manabu maqolani o'qi: Britaniyalik Kelli Rojers lotereyada 180 million rubl yutib oldi. U ularni qayerda o'tkazdi va nega hech narsasiz qoldi?


Maykl Kerrol (15 mln dollar yutib oldi)
va hamma pulni 10 yil ichida tugatdi. Hozir u axlatchi bo'lib ishlaydi.

O'qi: Maykl Kerrol 10 yil ichida lotoreyada yutgan hamma pulini tugatdi.

Va bunday misollar anchayin ko'p.

Buni inson talqinida ilmiy sabablarni keltirib chiqaradigan bo'lsak, miyyada Retikular formatsiya degan tuzilma bor va u asabiy energiya ishlab chiqaradi. Miyya nimadir bilan band bo'lganida bu energiyani sarflaydi (aqliy faoliyatda). Agar bu energiya biror nimaga sarflanmasa, bu miyya uchun zararga ishlay boshlaydi. Yuqoridagi odamlarda ham aynan shu narsa depressiya keltirib chiqargan va ularni insoniylikdan chiqarib hayvoniylikka o'girgan. Agar ularning ham maqsadi juda katta bo'lganida, bu boyligini umri davomida 100 martalab ko'paytrib olsa ham bo'lardi. Elon Muskni qara Jumavoy, maqsadi mars, dunyodagi eng boy inson bo'lsa ham narkotika berilib ketmagan, hayvoniylikka siljimagan. Qiziq, seni bir tiyn puling bo'lmasa ham hayvoniylikka yaqinlashyapsan o'ylab ko'r. Kun bo'yi instagram, TikTok titkilab vaqt o'tkazsang, yoki kun bo'yi hech qanday aqliy va jismoniy mehnatsiz kuningni o'tkazsang kechda sen albatta tushkun kayfiyatda bo'lasan. Bu narsani sen o'zingcha dam olish deb ataysan. Hamma narsang bor, qorin to'q, usting but, uying issiq. Rostini aytganda, g'irt darmayetsan. Ammo baribir tushkun bo'lasan. Bu holatingni talqini men yuqorida senga aytgan fikrlar bilan izohlanadi. Demak, sen miyyangni ayab o'tirmay unga kuch berib ishga kirishishing kerak. Bu energiyani sarflab tashla, miyyamda bilim ko'payib ketsa, boshim yorilib ketishi mumkin deb qo'rqma, eshshakday yeysan, miyya yana energiyani zaxirasini sintezlaydi.

Ральф Уолдо Эмерсон
Американский эссеист
Hayot deganlari bizga taklif qiladigan eng yaxshi taskin-tasallilardan biri - bu odam o'ziga o'zi yordam bermay turib, o'zgalarga yordam qo'lini cho'zolmasligidir.

©️ Ral'f Uoldo Emerson, Amerikalik shoir, essenavis.

Mo'jazgina IQ'si 70 dan oshmaydigan miyyang shunday tuzilganki, u o'z energiyasini osonlikcha berib qo'yishni istamaydi. Bu nima degani (WTF?!) deb o'ylayapsanmi, menimcha javobini topding. Miyyang o'zidagi energiyani osonlikcha berib qo'ymaslikka urinishi bu sendagi debilizim, ey uzr, dangasalikdir. Oldingga maqsad qo'ysang miyya bunga albatta qarshilik qiladi, unga quloq solma. U shunchaki o'z energiyasini osonlikcha berib qo'yish niyati yo'q. Sen dangasalikni yengishga urinasan va aynan shu holat sen uchun stressdir, ammo bu foydali stress.


Sen kattaroq qaror qabul qilishga intilayotgan ammo dangasaliging yoki ichingdagi nimadirlar seni tormozlab qo'yayotgan holatdan misol keltiraman. Sen go'yo gaz va tormozni birdan bosyapsan:

Ong: Ko'nglimga o'tirgan odamni topib oila qurishga tashnaman.

Ongosti: yaqinlik azob-uqubat keltiradi.

Nomsiz barmoq: Bo'm-bo'sh.

Ong: 12 kiloga ozishim kerak.

Ong osti: Odamlar xavfli, o'zimni himoyalash uchun qalqon yasab olishim kerak.

Tana: bir qop go'shtdan iborat qo'rg'on.

Ong: Jozibam bor, olovman, jimo qilgim keladi.

Ong osti: jinsiy lazzat - sharmandalik.

Jinsiy hayot: zerikarli o'yin.

Ong: dunyoni kezgim keladi.

Ong osti: kayfu safo - mas'uliyatsizlik. Meni yomon ko'rib qolishmasin tag'in.

Xorijga chiqish pasporti: onasi o'pmagan qizday top-toza.

©️ Jen Sinsero


Pofigist homo sapiens, meni eshit ! Miyannga quloq solma, u seni aldaydi, qila olmayman deydi, ammo sen bunga qarshi chiqib, o'z miyya imkoniyatlaringni kengaytirishing mumkin. Demak, sen - o'zing o'ylaganingdan ko'ra ko'prog'iga qodirsan. Yo'q, hazillashdim, berilib ketma, sen hech nimaga qodir bo'lmagan, qizing ketganidan hali ham siqilib Ummonni eshitib yurgan manyaksan. Shunaqaliging uchun senga nafaqat oldingi qizing va bundan keyin keladigan qizlar ham parvo qilmaydi, ular senga ko'ndalang qo'ygan. Chunki, sen hech qaysi qizga ko'ndalang qo'yolmagansan. Shoshma, Robinzon Kruzo do'stim, qizlarga qo'yish degani gapni men ularni borib hurmatsiz qilish, yoki ularni yerga urish demadim. Ular ojiza va jamiyatimiz asosi. Aynan bolalaringni ham ular tarbiyalaydi, sen ishda bo'lasan. Biror kimga ko'ndalang qo'yish degani, uni oldida o'z izzat obro'yingni yuz foizga saqlashingdir, "Cho'qinma!", shilqimlik qilma, ket dedimi ko'ndalang qo'yib ket va maslahatim - o'zingni ko'rsatishga urinma. Oldinroqda Shizoidni aynan shu masalaga oid maqolasini ham tashlagandim. Aqlli, yurmagan, chiroyli qizni halittan qidirma, oldin o'zing unga mos bo'l ana undan keyin qidir, ancha ishing osonlashadi. Matiz bo'la turib, malibuni olishga urinma, baribir sanga ota onasi bermaydi, u sani ming sevsa ham. Ota onasini kallasi ishlaydi va qizini o'zini narxiga mos yigitga beradi. Demak nima qilish kerak ekan? Hammasiga ko'ndalang qo'ygan holda davom etish kerak. Sen haqingda shuncha gapni bilaman, jm turolmadim, gapirib gapirib o'tlab boshqa mavzuga ketib qolibman "Jin ursin Karl!"

Albert Eynshteyn
Miyya o'z imkoniyatlarini bir marotaba kengaytirgan chegaralariga hech qachon qaytib kelmaydi.

©️ Albert Eynshteyn

Sen haqiqatda o'zing o'ylaganingdan ko'prog'iga loyiqsan, ammo bu gap faxrlanishga arzimaydi ishon. Institutimni qorovuli ham o'zidagi bor hamma imkonni ishga solsa edi, hech bo'lmaganida zamdekan bo'lishi mumkin edi. Demak sendan o'zingni stressga tushirib, miyyangni eshitmay, o'zingni qiynab harakat qilishing talab qiladi. Sen tushayotgan stress bu sen uchun foydali stressdir, agar shu stressga o'zingni tushirmasang, yuqorida keltirib o'tganimdek baribir boshqa stress aniq keladi. Bu sen uchun zararingga ishlashi tayin, Karlpo'lot do'stim.

Men Dovranbek Turdiyevni stress haqida fikrlarni bilganimda, u o'zini hech qachon stressga tushmaganligi haqida gapiradi. Bu nimaning sababi bilasanmi, chunki u o'zini maqsad sari butunlayga bog'lagan. U tanasida har kuni foydali stressni his qiladi. U hattoki yangi yil kechasida ham raqam yodlab o'tirganligi haqida gapirgan edi. Jumavoy, sen stresssga tushmoqdamisan? Demak, sen katta ehtimol bilan o'zingni katta maqsadga aniq bog'lamagansan. Iltimos, maqsadni katta qo'y, agar hayotingdagi asosiysi qilib kichkina maqsadni qo'ysang, unga erishib bo'lganingdan so'ng, miyyang pensiyaga chiqib ketadi.

  • Maqsad - institut kirish emas, maqsad - bilim olish.
  • Maqsad - 5 bahoga o'qish emas, maqsad - kelajakda yo'nalishingni yetugi bo'lish.
  • Maqsad - uylanib nafsingni qondirishingmas, maqsad - sen bilan birga bo'lgan qizni, qizligini sen manyak uchun yillar davomida asrab kelganiga mos bo'lish (o'zingga savol berib ko'r, qizligini man uchun shuncha yildan berib asrab kelganiga mosmanmi deb? Nechtasi bilan bo'lganing va yegan b#qlaring esingga tushib ketadi, ichingda yo'q deb javob berding, ammo buni hech kimga ovoz chiqarib aytma). Pushaymon qilmaslik, unga faqat cho'ri va bola tug'iberadigan ko'z bilan qaramaslik.
  • Maqsad - IELTS olib, qizlarga maqtanish emas, kelajakda o'z sohangda kerakli bo'lgani uchun o'rganish va albatta uni ishlatish ham.
Shunchaki seni miyyangda mavjud bo'lgan, ammo sen ishlatmaydigan bilim - bu qo'shningni xotiniga o'xshaydi: senga bir tiynlik foydasi yo'q.


Maqoladagi so'zlarga amal qilishni o'zimga ham senga ham tilayman pofigist odam. Maqoladagi fikrlarning ko'pchiligi sen haqingda, buni bilamanda, chunki sen bu men, men bu sen?

Har doimgidek, sog'lom tanqidiy fikrla !


Xohlasang, kanalga qo'shilib ol, miyyang zangdan to'lganida birga yuvamiz Robinzon do'stim:

https://t.me/ergashevs_blog


Report Page