Stomatologiya

Stomatologiya



Stomatologiya bakalavriat taʼlim yoʻnalishi – taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida, sogʻliqni saqlash tizimining muassasalarida stomatologiyani rivojlantirish, kasalliklarni tashxislar va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan xolda bemorlarning tibbiy muammolari boʻyicha asosiy vazifalarni hal qilish, stomatologik yordam va dispanser kuzatuv faoliyatining usullari va uslublarining sifatini oshirish (davolash-profilaktik, tibbiy-ijtimoiy) boʻyicha kompleks masalalarni yechish, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni oʻz ichiga oladi.

Oʻquv dastur maqsadi


Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinikoldi va klinik fanlari hamda elektiv kurslar boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalar berish. Stomatolog shifokorni tayyorlash.

Natija

5 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar shifokor-stomatolog diplomiga ega boʻladilar. Bitiruvchilar magistratura bosqichida taʼlimni 7 ta mutaxassislik boʻyicha yo‘nalishlardan birida davom ettirishlari mumkin boʻladi.

Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:

1-2 kurslarda talabalar tibbiy-biologik fanlar (odam anatomiyasi, tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, gistologiya, normal fiziologiya, tibbiyot kasbiga kirish, klinik restavratsion stomatologiya va b.)

3-kursda talabalar klinikoldi va klinik fanlar (patologik anatomiya, patologik fiziologiya, farmakologiya, klinik endodontiya, ogʻiz boʻshligʻi jarrohligi, olinmaydigan tishlar bilan protezlash, ortopedik stomatologiya propedevtikasi va b.)

4-5 kurslarda talabalar mutaxassislik fanlari (ortodontiya, parodontologiya, yuz-jagʻ kasalliklari va jarohatlari, yuz-jagʻ jarrohligi va b. )dan tahsil oladilar.

Stomatologiya ishi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

5A510401 – Terapevtik stomatologiya

5A510401 – Ortopedik stomatologiya

54510401 – Xirurgik jarrohlik stomatologiyasi

5A510401 – Yuz-jagʻ jarrohligi

5A510401 – Ortodontiya

54510401 – Bolalar jarrohlik stomatologiyasi

5A510401 – Bolalar terapevtik stomatologiyasi mutaxassisliklari boʻyicha magistratura va klinik ordinaturada ikki yildan kam boʻlmagan muddatda oʻqishni davom ettirish mumkin.

Shuningdek, oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.




Report Page