🔰Stipendiya kimlar uchun beriladi?

🔰Stipendiya kimlar uchun beriladi?

Metsenat

📎OTMning 3 - 4 - kurs kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat hamda 1-2 kurs magistratura bosqichi talabalari uchun.

📎Stipendiat yoshi 30 yoshgacha bo'lishi kerak.

🔖Tanlov g‘oliblari soni cheklangan. Har yili tanlov Hay'ati 12 nafar talabani tanlaydi.


🔰Qaysi ta'lim yo'nalishi uchun?

🔆Quyidagi ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar Stipendiat bo'la oladi:

👨‍🏫Bakalavriat:

1) 5311000 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha) ;

2) 5320300 - Texnologik mashinalar va uskunalar (tarmoqlar bo'yicha) ;

3) 5320400 - Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo'yicha) ; 

4) 5320500 - Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) ;

5) 5321300 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi ; 

6) 5630100 - Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish (tarmoqlar va tarmoqlar bo'yicha) ;

7) 5311900 - Neft va gaz biznesi (faoliyat turi bo'yicha) ;

8) 5310100 - Energetika (tarmoqlar uchun) ;

9) 5310200 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha)

10) 5140500 - Kimyo (turlari bo'yicha) ;

11) 5141300- Neft va gaz kimyosi ;

12) 5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ;

13) 5310900 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo'yicha). 


👨‍🎓Magistratura:

1) 5A320402 - Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi;

2) 5A320405 - Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari bo‘yicha);

3) 5A320407 - Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turi bo‘yicha);

4) 5A320501 - Biotexnologiya (mahsulot turi bo‘yicha);

5) 5A321302 - Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi ;

6) 5A630101 - Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) :

7) 5A311902 - Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish;

8) 5A310104 - Sanoat issiqlik energetikasi;

9) 5A310201 - Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha):

10) 5A140501 - Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha);

11) 5A140503 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi;

12) 5A321303 - Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari.


📌GTL Stipendiyasi har yili tanlovning stipendiya sohiblariga bir o‘quv yil davri uchun tayinlanadi. 

📌GTL stipendiyalarini tayinlash Kompaniya rahbariyati va mas'ul mutaxassislaridan iborat bo‘lgan Hayatning qarori bilan tasdiqlanadi.

📌O'quv yili davomida kompaniya tomonidan GTL stipendiyasini olayotgan stipendiya sohiblarining bunga muvofiq yeki yo‘qligini aniqlash uchun har chorakda o‘zlashtirish monitoringi otkaziladi.

📌GTL stipendiyasi sohiblari Kompaniyaning kadrlar zaxirasiga kiritaladi.

📌Kompaniya Stipendiya sohiblariga sanoat yoki diplom oldi amaliyotni o‘tashda amaliy yordam ko‘rsatadi.


🔖Stipendiyalar dasturi, ishtirok etish shartlari va boshqa batafsil maʼlumotlarni Kompaniyaning rasmiy veb-sayti www.uzgtl.com va telegram kanalida @uzbgtl bilib olishingiz mumkin.


Report Page