Steyk bilan tayyorlangan iliq salat

Steyk bilan tayyorlangan iliq salat

Соатмурод Артиков

Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste’mol qilish mumkin.

Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib koʻrinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi.

 Masalliqlar:

300 gramm mol go'shti bon file qismi

3 ta kartoshka

200 gramm pomidor cherry

1 oʻram salatli miks

1 bosh qizil piyoz

ARALASHMASIGA:

60 millilitr zaytun moyi

1 osh qoshiq xantal donachalari

1 osh qoshiq Vustershir qaylasi

1 choy qoshiq shakar

1 osh qoshiq limon sharbati

1 osh qoshiq soya qaylasi

1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi

Qadam 1

Qozonga ozroq yog' quyib, goʻshtni butunligicha qizartirib qovuramiz.

Qadam 2

Soʻng zar qogʻoz (folga)ga oʻrab, 180 C darajada qizigan pechda 10-15 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 3

Goʻsht pishguniga qadar kartoshkani ham archib, uzunchoq qilib toʻgʻraymiz va yogʻda qovurib olamiz.

Qadam 4

Soʻng uni ham folgaga oʻrab, pechda 10-15 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 5

Togʻorachaga salatli miks, ikkiga boʻlingan pomidor, piyozni solamiz. Goʻshtni toʻgʻrab, kartoshka bilan solamiz.

Qadam 6

Aralashmasiga kerakli barcha masalliqlarni alohida idishga solib aralashtiramiz.

Qadam 7



Salat ustidan quyib aralashtiramiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

https://telegram.me/Uzbek_Taomlari

Manba

Report Page