Startup Challenge 2023 uchun ro'yxatdan o'tish!
Startup Challenge 2023 uchun ro'yxatdan o'tish boshlanganini e'lon qilamiz! 🤩🚀
Startup Challenge (sobiq TEAM Xakaton) - bu startap loyihasini yaratish uchun 26 soatlik marafondir. 3-4 kishidan iborat har bir jamoa belgilangan muddat ichida noldan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqishi kerak.
🥇🥈🥉 | 🏆 Startup Challenge 2023 g‘oliblari (g‘olib jamoalarning har bir ishtirokchisi) TEAM Universitetida o‘qish uchun 10 000 000, 7 000 000 va 5 000 000 so‘m miqdorida grantlarga ega bo‘ladi.
Ishtirok etish shartlari:
- Hujjatlarni admissions.teamuni.uz saytiga topshiring
- Ro'yxatdan o'tish formasini to'ldiring
- Faqat bu yil Universitetga kiruvchi abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin
Oʻtkazilish joyi: TEAM Campus (lokatsiya).
Sana: 2023-yil 6-7-iyul. Ro‘yxatdan o‘tish 3-iyulgacha davom etadi.
Startup Challenge 2023 uchun SHU YERDA roʻyxatdan oʻting!