Startap va tijoratlashtirish loyihalari yo‘nalishlari:

Startap va tijoratlashtirish loyihalari yo‘nalishlari:


1. Oziq-ovqat sanoati

2. Neft va gaz sanoati

3. Energetika

4. Arxetektura va qurilish

5. Yengil sanoat

6. Axborot texnologiyalari va raqamlashtirish

7. Yer usti transporti, mashinasozlik

8. Kimyo sanoati

9. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash 

Tanlovning birinchi bosqichi texnik ekspertiza:

- Texnik ekspertiza loyiha yig‘ma jildidagi shakllar hamda ularga ilova qilingan hujjatlarning to‘liqligi va talabga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʼtkaziladi. Loyiha texnik ekspertiza natijalariga ko‘ra ijobiy baholansa, fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashga ilmiy ekspertiza uchun yo‘naltiriladi;

 - Loyiha rahbari taqdim qilingan loyihani institutning ilmiy-texnik kengashida taqdimotini amalga oshiradi;

- ITK tomonidan yakuniy bahosi 60 baldan yuqori baholangan loyiha, ekspertizaning ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi;

- Institut ITK tomonidan tavsiya etilgan loyihalar, loyihaning yakuniy bahosini chiqarish uchun ekspertlar kengashiga tomonida baholanadi;

- Ekspertiza natijalari Ilmiy-texnik kengash tomonidan o‘n kun muddatda kollegial organ – Institut kengashiga ko‘rib chiqish (muhokama) uchun taqdim etiladi;

- Institut Kengashida muhokama qilingan va ijobiy baholangan loyihalar moliyashtirishga tavsiya etiladi.

 

Tanlov shartlari:

1. Amalga oshiriladigan barcha turdagi loyihalar rahbarlari institutda tahsil olayotgan yoki asosiy shtatida faoliyat olib borayotgan bo‘lishlari shart.

2. Pedagog xodim o‘ziga ajratilgan mablag‘ni tijoratlashtirish natijasida institut hisobiga to‘liq qoplanishiga masʼul (Qoplanguncha mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ariza kiritsa, moliyaviy mablag‘ni qaytarishi shart).

3. Aniq iqtisodiyot tarmogʻidagi yoki muayyan ijtimoiy sohadagi mavjud muammoning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilganligi (yillik talab/ehtiyoj aniq raqamlarda koʻrsatilishi lozim);

4. Tijoratlashtirish/joriy etishdan olinadigan aniq iqtisodiy (ijtimoiy/amaliy) samaraning mavjudligi.

5. Ijrochi bajarilishi rejalashtirilgan tijoratlashtirish yoki startap loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) quyidagi talablarga javob berishi qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim:

6. Tanlovga tayyor tijoratlashtirish va startap loyihalar qabul qilinadi. Bajarilishi bir yildan ortiq muddatlarga moʻljallangan loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi.

7. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida bir turdagi ikkita loyihaga rahbar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi va ushbu holatga olib kelishi mumkin boʻlgan loyihalar qabul qilinmaydi.

8. Tanlovga taqdim etiladigan tijoratlashtirish hamda startap loyihalar, institutning tijoratlashtirish bo’limiga 2024-yil 1-iyundan boshlab 10-iyunga qadar to’g’ridan-to’g’ri qabul qilinadi.

9. Taqdim etilgan loyihalar quyidagilar boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi:

- tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi;

- loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi;

- koʻchirmachilikka (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaganligi;

- ushbu mavzu doirasida avval ilmiy loyiha bajarilmaganligi;

- tanlov talablari asosida shakllantirilganligi;

- loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan tayyor natijalar (yangi ishlanma, texnologiya) hamda tadqiqot dizayniga muvofiq toʻliq asoslanganligi;

- soʻralgan mablagʻlarning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq toʻgʻri hisob-kitob qilinganligi. (eng kamida 60 % miqdori asbob uskunaga ajratilishi va mazkur asbob uskuna keyinchalik ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlashi lozim).

10. Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov gʻoliblari tomonidan tijoratlashtirish hamda startap loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari javobgar hisoblanadilar.

11. Tanlovga taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun soʻralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini hisoblashda (5-shakl)  hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya etiladi.

Ilmiy loyihalarni qabul qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha institut Tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sadirov Sohibjonga +99893 136-14-14 telefon raqami orqali murojat qilishingiz mumkin. 




Report Page