“Startap” loyihalar tanlovi

“Startap” loyihalar tanlovi

⚜Azizjo Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

NIZOMI

1. Umumiy ma’lumotlar

1.1.     Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda  amalga oshirilayotgan talaba-yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi innovatsion tashabbuslari, “startap” loyihalarini saralab olish va uni amalga oshirishda amaliy ko‘mak berish hisoblanadi.

1.2.    Tanlovning amalga oshirilish tartibi hamda qonun-qoidalari Institutning kengashi tomonidan tasdiqlangan farmoyish hujjatlari, Institut Ustavi va mazkur nizomga asoslanadi.

2. Maqsad, talab va qonun-qoidalari

2.1. Tanlovning maqsadi Institutda tahsil olayotgan barcha talabalarni innovatsion g‘oya va ishlanmalarini amalga oshirishda amaliy ko‘mak berish hamda rag‘batlantirishdan iborat.

2.2.  Tanlovning qonun-qoidasi:

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek Startap loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi va so‘ralgan mablag‘larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:

–  Startap loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;

–  Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;

–  Startap loyihada taqdim etilgan muammoning yechimi mavjud emasligi;

–  Startap loyihaning avvalgi tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi;

        Taqdim etilgan Startap loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan Startap loyihalarning natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga Startap loyiha rahbarlari, mazkur loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Tanlov natijalari bo‘yicha barcha yangiliklar bilan TTYSI rasmiy media manbaalari orqali tanishish mumkin.

Mazkur tanlov g‘oliblari borasidagi qarori qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi!

2.3.  Tanlovda ishtirok etuvchi loyihalarni saralab olish talablari:

–  Loyihaning innovatsionligi ya’ni respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot (intellektual mulk obyekti mavjud bo‘lganda) ishlab chiqarish, yangi xizmat turini yaratishni ko‘zda tutadi;

–  Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;

–  Loyihaning mutaxassislar bilan ta’minlanish, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish imkoniyatlari – jamoaning malakali mutaxassislardan shakllantirilganligi, ilmiy obyektlar infratuzilmalarining mavjudligi;

–  Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.k;

3.  “Startap” loyihalar tanlovi ish jarayonini tashkillashtirish

3.1.  Tanlovda institutning barcha talaba yoshlari ishtirok etadilar.

3.2.  Tanlov hay’at a’zolari Institutning ichki buyrug‘iga binoan tasdiqlanadi.

3.3.    Tanlovning amalga oshirilish tartibi hamda bosqichlari Institutning tegishli bo‘limlari tomonidan tayyorlanadi va ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.

3.4.    Tegishli bo‘limlar tanlov faoliyatini mazkur Nizom, TTYSI rektori buyruqlari, kengash rejalari asosida olib boradi.n_Niyozov⚜ ️


Report Page