StartApp Android kursi bo'yicha savollarga javoblar
@start_app_androidKo'pchilik o'quvchilarimiz StartApp Android kursi bo'yicha quyidagi savollarni berishmoqda:
1. Kurs formati qanday? Nima uchun oylik kurs emas bu?
Ushbu kursimiz 5 kunlik intensiv trening sifatida o'tiladi. Guruhda 5-6 kishi, 3 soat davomida aktiv jamoa bo'lib ishlaymiz. Biz sizga uzundan uzoq leksiyalar qilmaymiz, slayd va taqdimotlar ko'rsatmaymiz.
Qisqacha xaritamiz:
a. Mobil ilovalar va ularni yaratish texnologiyalari haqida batafsil gaplashamiz.
b. AppQur platformasida ilovalar qurishni o'rganamiz
c. Yaratgan ilovamizni Google Play Developer Console orqali Play Market bozoriga chiqaramiz
d. Bozorga chiqarilgan ilovamizni ko'p sonli foydalanuvchilar auditoriyasiga tarqatamiz.
e. Ilovangiz ishlatilishni boshladi, demak monetizatsiya (u orqali pul topish) usullarini o'rganamiz.
f. AdMob reklamalar servisi bilan hamkorlik qilasiz, bu sizga birinchi sentlaringizni olib kelishini ko'rsatamiz.
g. Google Analytics servisi bilan ilovangizni monitoring qilishni ko'rib chiqamiz.
h. Android ilovalar ishlab chiqish va monetizatsiya qilish haqidagi istalgan savollaringizga javob olasiz.
2. Qanday qilib 5 kun ichida android ilova yaratish mumkin?
Ha mumkin, yaqindagina ishlab chiqilgan AppQur platformasida ilovalarni yaratishni o'rgatamiz. Bu platforma konstruktor sifatida ishlaydi. Sizdan hech qanday dasturlash malakasi yoki koding talab qilinmaydi. Istalgan konfiguratsiyadagi kompyuterda Chrome brauzer orqali ishlaysiz. Java, JDK, Android SDK, Android Studio ishlatilmaydi. Yaratgan ilovangiz bizning cloud serverlarda build qilinadi va sizga tayyor apk fayl jo'natiladi. Ushbu platforma orqali sinov tariqasida yaratilgan ilovalarimizni Play Marketning quyidagi sahifasida ko'rishingiz mumkin:
https://play.google.com/store/apps/developer?id=AppQur
3. AppQur platformasi qanday imkoniyatlarga ega?
Ushbu servis yaqindagina ishga tushirilgan, uning yordamida quyidagi toifadagi ilovalarni yaratishingiz mumkin.
a. Elektron o'quv qo'llanmalari va kitoblar
b. Lug'atlar
c. Quiz (test) ilovalar
d. Kataloglar
e. QR kod, sferik panorama va foto galereyalar
f. Audiokitoblar
g. Bolalar uchun o'rgatuvchi ilovalar
Bundan tashqari ilovalarni monitoring qilish va reklama servislariga ulash imkoniyatlari qo'shilgan. Doimiy ravishda yangi imkoniyatlar qo'shib borilmoqda.
100 marta eshitgandan bir marta ko'rgan afzal. Kurs tugagach ishtirokchilarga bir oylik onlayn konsultatsiya hizmati ko'rsatiladi. Qiziquvchilarni kursimizga taklif qilib qolamiz.
Sinov tariqasida yaratilgan ilovalarimiz
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.smartbox.fruits.plus
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.appqur.dic.turkey
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.appqur.zarulyom
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.appqur.hikoyalar
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.appqur.bilimdon
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.appqur.radisson