Start of Skill Development Marathon

Start of Skill Development Marathon

Khamidulla

Salom xammaga. Marafonda qatnashayotganingizdan xursandman. Ming chaqirimlik sayoxat birinchi qadamdan boshlanadi deganlaridak, bugun birinchi qadamni qoyayotgan barchaga omad tilab qolaman. 

Prerequisites:

https://leetcode.com/session/ ga kirib yangi “Skill Development Marathon” session yaratib uni activate qilib qo’ying bu keyichalik baxolashda so’ralishi mumkin. Va kundalik masalalarni faqat shu sessioni activate qilib ishlang.

Daily tasks:

  • Point - ishtirokchilar marafon davomida point (baxo) eg’ib borishlari talab qilinadi. Eng ko’p point to’plagan ishtirokchilar orasida quiz-algorithm problem solving round bo’ladi va xozircha 3 ta sovrinli o’rin bor. Balkim bu keyinchalik ko’payar.
  • Algorithm problems - siz xar kuni LeetCode platformasidan berilgan misollarni qolingizdan kelganicha ishlab borishingiz kerak. Misollar xar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da e’lon qilinadi. Misollarga javoblar quyidagi GitHub repository da bir kun o’tgach yuklab boriladi. Xozircha faqat ikkita masala beriladi bittasi oson (Easy) va bitta o’rtacha (Medium) qiyinlikdagi masala. Bu keyinchalik ozgarishi mumkin. Maslani mustaqil bir kun (24 soat) davomida ishlagan odamlarga full point berilarid. Masalani ishlay olmasangiz savollar bilan masala e’lon qilngan post tagida muxokama qilishingiz mumkin bo’ladi. Agar shunda xam uddasidan chiqa olmasangiz bir kun o’tib javobni GitHub repository da ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Agar javobni ko’rib tushunmasangiz unda o’z savollaringizni so’rab masalani javoblari e’lon qilingan GitHub repository da issue yaratabi savol so’rashingiz mumkin bo’ladi. Siz so’ragan savollarga javobni men yoki boshqa ishtiriokchilar berishi mumkin bo’ladi. Javob yozib aktiv bo’lish xam ishtirokchi reytingiga tasir qiladi (yani “community work” point beriladi). Javoblar to’plangan (thumbs up) 👍🏻 reaction orqali baxolanadi. Bir kun o’tib misolni javobini LeetCode platformasiga qo’yib ishlatib ko’rgan ishtirokchiga nominal point beriladi. Javob berilgandan so’ng yaxshiroq javoblarni merge request sifatida tavsiya etish mumkin. Merge request qabul qilinib repositoryga qo’shilgan ishtirokchiga “best solution” point beriladi. Ko'chirsangiz xam tushunib ko'chiring 😊.
  • Reading/vedio material - kundalik materiallar berib boriladi. Bu materiallarni o’zlashtirish kuzatib borilmaydi. Lekin berilgan materiallar asosida quiz sessionni savollarini tuzish uchun foydalanad. Materiallarni agar ingliz tilida berilgan bo’lsa tarjima qilib ulashish uchun “translator” point beriladi. Yaxshi tarjimalar kanalda blog post sifatida yoki YouTube video, yoki tarjima muallifini blogiga link sifatida berib boriladi.

Bu marafonda barcha point yeg'a oladi.


Marafonni oxirgacha faqat kuchli insonlargina etib boradi. Siz kuchli insonmisiz? Chunki bu marafonda oxirgacha qatnashib talantli insonlardan xam o’zib keta olasiz (read more here). Ko’z qorqoq qo’l botir. Siz muntazam ravishda to’htamasdan o’z maqsadingiz sari qadam tashlab yurib bora olasizmi yoki taqdirga tan berib marafondan chiqib ketasizmi? Xar kuni ertalab yuzni yuvib bo’lib oynaga qaraganingizga men mag’lubman deb butun umur o’zingizga aytib yurasizmi? Marafonda o’rin olish shart emas lekin marrani so’ngi chizig’ini bosib o’tish shart. Bu xar kimni qo’lidan keladi. Let’s go and good luck. 

PS: savol, taklif va muloxazalarni shu post e’lon qilinga telegram posti ostida qoldirishingiz mumkin.  

Report Page