Stajirovka
QarDU Axborot xizmatiJoriy yilning 20-aprel – 5-may kunlari Iqtisodiyot kafedrasi mudiri, i.f.d., professor A.O. Ochilov dunyo OTMlari TOP-400 talikdagi Buyuk Pyotr Sank-Peterburg politexnika universiteti huzuridagi "Sanoat menejmenti, iqtisodiyot va savdo" institutida (Institut promishlennogo menedjmenta, ekonomiki i torgovli) stajirovkada bo‘ldi. Professor A.O.Ochilov bu davrda “Intellektualnaya injenernaya ekonomika i industriya 5.0” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya plenar yig‘ilishida “Analiz sifrovoy transformatsii v zarubejnix stranax i v novom Uzbekistane” mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Bundan tashqari 144 soatga mo‘ljallangan ilmiy-metodik stajirovkani o‘tadi, “Fan va ta’limda innovatsion jarayonlar” seminar-treningda qatnashdi, taklif etilgan professor sifatida institutning "Menejment" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga ochiq dars sikli (sikl otkritix gostevix leksiy) o‘tdi, institut professor-o‘qituvchilari darsini tahlil qildi. Shuningdek, stajirovka davomida Qarshi davlat universiteti bilan Buyuk Pyotr Sank-Peterburg politexnika universiteti (TOP-400), Sank-Peterburg davlat universiteti (TOP-300) o‘rtasida tuzilgan hamda Sank-Peterburg tog‘-kon universiteti (TOP-800-1000), Iqtisodiyot oliy maktabi ilmiy-tadqiqot universiteti (TOP-400) Sank-Peterburg filiali bilan tuzishga kelishilgan memorandumlar talablari asosida hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida prorektorlar, oliy maktab direktorlari, kafedra mudirlari, departament rahbarlari, mas’ul boshqarma va bo‘linma boshliqlari bilan uchrashib, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish, ikki tomonlama manfaatli shartlarda xalqaro grantlarda ishtirok etish, o‘zaro o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, hammualliflikda o‘quv adabiyotlari, monografiyalar va nufuzli xalqaro jurnallar (shu jumladan Scopus, Web of Science) da maqolalar chop ettirish, hamkorlik (hamrahbarlik)da falsafa doktorlari (fan nomzodlari) tayyorlash, ixtisoslashgan ilmiy seminar va kengashlarda ishtirok etish, dissertatsiya va avtoreferatlarga taqrizlar berish, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga opponentlik qilish, qo‘shma dasturlar asosida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash, bitiruvchi bakalavrlarni qisqa muddatli kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish masalalarida kelishuvlarga erishildi.





