Sport va salomatlik — orzu-umidlarimiz, kuch-qudratimiz manbai

Sport va salomatlik — orzu-umidlarimiz, kuch-qudratimiz manbai


Sport bu – goʼzallik, nafosat, jasorat, matonat va eng asosiysi salomatlikdir. Sport bilan muntazam shugʼullanib yurgan inson doimo oʼzini tetik va yengil his etadi. Muntazam ravishda olib boriladigan sport mashgʼulotlari inson organizmining faol ravishda ishlashini taʼminlab turadi.

Talabalar o'rtasida sportni targ'ib qilish maqsadida Agrotexnologiya fakulteti tyutori N.Adizova hamda koordinator I.Yarashov tomonidan yoshlar o'rtasida sportning turli yo'nalishlarida tashviqot ishlarini olib bormoqda. Jumladan Universitet 2-son TTJda stol tennisi bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi.

Xulosa oʼrnida zamonaviy Olimpiya oʼyinlarining asoschisi Perde Kubertonning ushbu soʼzlarini keltirib oʼtishni joiz topdim–chiroyli boʼlaman desang yugur, sogʼlom boʼlaman desang yugur, boy boʼlaman desang yugur! Zero sogʼligimiz bu bizning eng katta boyligimizdir.


Axborot xizmati

Report Page