“Sport sog‘lik garovi”

“Sport sog‘lik garovi”


O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 15-yanvardagi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan hududlarda sport musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.


Shu munosabat bilan, Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan tizim va uning tasarrufidagi tashkilotlar o‘rtasida 2024-yil 17-aprel kuni “Sport sog‘lik garovi” shiori ostida bosh boshqarma birinchiligi uchun Mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.


Unda viloyatdagi tuman shaharlarda faoliyat olib borayotgan joylardagi bo‘lim xodimlari, Monomarkazlar va kasb-hunar maktablaridagi 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlaridan shakllantirilgan 13 ta jamoa o‘zaro musobaqalashdi.


Tizimda 175 ta 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar bo‘lib shundan 42 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Tashkil etilgan musobaqada 110 nafar yoshlar ishtirok etishdi.


Musobaqa jarayonlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi sadolari ostida boshlanib yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Jamoalarning o‘yinlarini viloyat Sport boshqarmasining mas’ul hakamlari baholab borishdi. 

O‘tkazilgan sport tadbirida 3-o‘rinni Termiz tumani jamoasi, 2-o‘rinni Angor tumani jamoasi va 1-o‘rinni Oltinsoy tumani jamoalari qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar va eng yaxshi faol ishtirok etgan xodimlar bosh boshqarma tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.





"Biz musobaqaga Oltinsoy tumanidan kelib ishtirok etdik. Kelayotganimizda g‘olib bo‘lamiz deb o‘ylamagan edik. Bir tizimda faoliyat olib borishimiz jarayonida bir-birimizni o‘zaro tushunishimiz yaxshi natija berdi, maydonda ham bir-birimiz bilan kelishib o‘ynadik va g‘alaba qozondik" - Dostondek Xazratqulov.

✍🏻 Bosh boshqarmaning rasmiy sahifalari⬇️


Telegram (http://t.me/surxonbandlik)|web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)|facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)

Report Page