Sport sinovlari – Payariqda

Sport sinovlari – Payariqda


Bugun Payariq tumanidagi 1-son sport maktabida tuman hokimligi hamda barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilindi.

Aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

 – Sport sinovlarini topshirish maxsus va ixtiyoriy ravishda bo‘lib, aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi,– deydi tumandagi 2-son sport maktabi direktori Ahror Berdiyorov. – Bugungi sport sinovlarida tumanimizdagi tibbiyot, ta’lim va ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan soha xodimlari uzoq va qisqa masofalarga yugurish, anjomlarni uloqtirish, uzunlikka sakrash va boshqa mashqlarni bajarib, sport sinovlarini topshirishdi.

Ta’kidlash joiz, sport sinovlarini topshirgan xodimlar my.sport.uz portali orqali darajali sertifikatni yuklab olishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosoan barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish viloyatimiz bo‘ylab davom etadi.

                    

Samarqand viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati.



Report Page