Sport kurashlari: hamyurtlarimiz Qozog‘istonda 16 ta medal qo‘lga kiritishdi

Sport kurashlari: hamyurtlarimiz Qozog‘istonda 16 ta medal qo‘lga kiritishdi


Qozog‘istonning Almati shahrida sport kurashlari bo‘yicha reyting musobaqasi yakunlandi.

Jahon va Olimpiada chempionlarini o‘zida jamlagan mazkur turnirda terma jamoamiz vakillari 1ta oltin, 3ta kumush va 12ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz tarkibida -67 kg vazn toifasida “klassik” kurashchimiz Abror Atabayev oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

Yunon-rum kurashi

Oltin medal:

-67 kg: Abror Atabayev.

Bronza medal:

55 kg: Jasurbek Ortiqboyev,

60 kg: Muhammadqodir Yusupov,

72 kg: Mahmud Baxshilloyev,

87 kg: Jalgasbay Berdimuratov,

97 kg: Rustam Assakalov.

Ayollar kurashi

Kumush medal:

-50 kg: Jasmina Immayeva,

-55 kg: Shohida Ahmedova.

Bronza medal:

-53 kg: Aktenge Keunimjayeva,

-57 kg: Laylo Sobirova,

-65 kg: Ariuxan Jumabayeva.

Erkin kurash

Kumush medal:

-65 kg: Abbos Rahmonov.

Bronza medal:

-65 kg: Umidjon Jalolov,

-70 kg: Zafarbek Otaxonov,

-97 kg: Magomed Ibragimov,

-86 kg: Bobur Islomov.

Sportni rivojlantirish vazirligi Qozog‘istondagi musobaqada munosib ishtirok etgan hamyutlarimizni muborakbod etadi.

Report Page