"Speaking in Java!" Java kursiga "start" berdikšŸ—£

"Speaking in Java!" Java kursiga "start" berdikšŸ—£

Swift Academy

Java hozirgi kungacha eng ommabop dasturlash tillari ro'yxatidan tushmay kelayotgan va dunyo bo'ylab millionlab dasturchilar tomonidan turli soxalarda qo'llanilib kelayotgan tillardan biri hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u o'z "speaker" lariga yuqori darajada daromad olib kelayotgani ham hech kimga sir emas.

"Any fool can write code that a computer can understand. Good programmers write code that humans can understand." Martin Fowler


Java haqida tariflashda davom etilsa oxiriga yetib bo'lmas sabablar keltirish mumkin ekanligi barchaga ma'lum. Zamon talabi va o'quvchilar qiziqishlarini hissobga olgan holda biz 6 oygacha bo'lgan Java (Backend) kursini taklif qilamiz!

Kurs sizga nimalarni taklif qiladi:

  • Do'stona, erkin va qiziqarli dars muhiti;
  • Yetarlicha chuqurlashtirgan holda o'tiladigan mavzular;
  • O'rganilgan bilimlarni tajriba proyektlarida qo'llash imkoniyati;
  • Yuqori natija uchun aniq reja va tajribali mutahasislar bilan;
  • Kurs oxirigacha jamoa bilan real proyekt qilish (Jamoa bilan kelishgan xolda proyekt turi belgilanadi)
  • Qo'shimcha texnologiyalarni o'rganish va tushuchaga ega bo'lish (RabbitMQ, Docker, Git...)
  • Iqtidorli o'rganuvchlarni ish bilan ta'minlashda amaliy ko'mak

Kurs rejasi:

Kurs 2 ta asosiy bosqichga bo'lingan:

  1. Java core (3 oy)
  2. Spring boot (Qo'shimcha texnologiylar bilan birga) (3 oy)

Ushbu bosqichlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

O'zgaruvchilar, Operatorlar, Algoritmlar;
Data structures, Xotira va fayllar bilan ishlash;
Servletlar, Jsp, Multithreading
"Database" bilan ishlash (Postgres)
Spring (Spring boot) framework i
Spring security, Jpa, Rest full
OOP, OOP konsepsiyalari
RabiitMq, Docker kabi qo'shimcha texnologiyalar
Clean code va Solid prinsiplari
Git bilan ishlash ko'nikmasi

Kurs davomida o'quvchilar har biri aloxida va jamoa bilan birga ma'lum proyekt ustida ishlaydi. Nazariy va amaliy bilimlarni birgalikda qo'llash va ish suxbatlari uchun kerakli bilimlarga ega bo'ladi.

Kurs talablari:

  • O'quvchi shaxsiy kompyuterga ega bo'lishi (Kamida 8GB RAM va ssd doimiy xotiraga ega bo'lsa yaxshi)
  • Mas'uliyatli bo'lish - har 12-dars(ya'ni har oyda 1 marta) nazorat testi o'tkaziladi;

{Test o'tkazish tartibi va natijalar bo'yicha nizom bilan har bir o'quvchi kurs boshida tanishtiriladi}

Eng ko'p beriladigan savollar (FAQ):

  • Men ham o'rganib dasturchi bo'la olamanmi?

Albatta! Avvalo qiziqishlaringizdan kelib chiqib yondashishingiz lozim, chunki har qanday holda sizni davom etishingiz uchun turtki bo'ladigan kuch bu qiziqishingizdir. Qiziqishingizni aniqlash uchun IT ga kiring, tanishing qanday sohalar bor va sizda ularning qay biriga qiziqish ko'proq ekaninga e'tibor bering!

Your only limit is your soul. What I say is true—anyone can cook ... but only the fearless can be great! AugusteĀ Gusteau
  • Qancha muddatda ishga kirishga tayyor bo'laman? (Ko'cha tilida aytilganda Qancha muddatda o'rganib bo'laman?šŸ˜)

Bu faqat va faqat o'zingizga bog'liq! Sizga Tim Cook (Timothy Donald Cook) dars bergan taqdirda ham o'rganish tezligingiz va salohiyatingiz faqat o'zingizga bog'liq! Tajribalar va statistikalardan kelib chiqgan xolda 85% lik muvofaqiyat 6 oylik kurs davomida bo'lgani sabab biz ham 6 oy etib belgiladik. Shunchaki hotirjamlik bilan "Alloh o'zing ilm ber va ilmimni ziyoda qil!" deb Allohga tavakkal qilib boshlash kerak holos. Va aynan bu sohada emas o'z qiziqishingiz bo'lgan har qanday sohada!


Bizning manzil: Toshkent sh. Chilonzor 3-dahasi 45-uy.

E'tiboringiz uchun tashakkur!

Swift Academy jamoasi.



Report Page