Spam haqida savollarga javoblar | @TGraphUz

Spam haqida savollarga javoblar | @TGraphUz

Шомаматов Синдор ⍒
Ushbu tez-tez so'raladigan savollar, spam xabarlari berilganidan keyin hisoblari cheklangan odamlar uchun.

Telegram hamda YouTube kanallarimizga obuna bo'ling!


Savol: Mening akkauntimga nima bo'ldi?

Foydalanuvchilar chatda "Spam haqida xabar berish" tugmasini bosganlarida, ushbu xabarlarni ko'rib chiqish uchun bizning moderatorlar jamoamizga yuboradilar. Agar moderatorlar xabarlarni bunga loyiq deb topsalar, hisob vaqtincha cheklanadi.

Bu shuni anglatadiki, siz tasodifiy begonalarga yoqimsiz xabarlarni yuborgan bo'lsangiz yoki guruhlarga spam xabarlar yuborgan bo'lsangiz, begonalar va ommaviy guruhlarga xabar yuborish imkoniyatini yo'qotasiz.

Savol: Xo'sh, endi xabar yuborolmaymanmi?

Yo'q, unday emas. Cheklangan akkaunt raqamini kontakt sifatida saqlagan odamlarga xabar yuborishi mumkin. Bundan tashqari siz har doim birinchi bo'lib xabar yuborgan har qanday kishiga javob berishingiz mumkin.

Savol: Nega men haqimda xabar(report ya'ni hisobot) berishdi?

Telegram yangi do'stlar orttirish vositasi emas. Notanish odamlar ular bilan bog'lanishganda, odamlar odatda buni yoqtirmaydilar - agar ular sizni bezovta qilsa, siz ular haqida xabar(report) berishingiz mumkin. Iltimos, faqat ular sizdan xabar kutayotganiga amin bo'lsangiz, odamlar bilan bog'laning. Xuddi shu narsa (ya'ni spam haqida xabar berish) odamlarni guruhlar va kanallarga qo'shishda ham qo'llaniladi. Bunga qo'shimcha ravishda, guruh administratorlari o'z guruhlarida spam yuborgan foydalanuvchilar haqida ham xabar berishlari mumkin.

Tabiiyki, bunday barcha hisobotlar(report) inson moderatorlari tomonidan ham tekshiriladi. Agar xabarlarda spam bo'lsa, hisob vaqtincha cheklanadi.

Savol: Odamlar mening ustimdan nima haqida xabar berishlari mumkin?

Shaxsiy xabarlar uchun - agar qabul qiluvchilar uni yoqimsiz deb bilsalar, nima yuborishingiz muhim emas. Bu fotosurat, taklifnoma havolasi yoki oddiy "salom" bo'lishi ham mumkin. Iltimos, xabarlarni odamlar qabul qilishlariga qarshi bo'lmasliklariga amin bo'lganingizdagina yuboring.

Umumiy qoida sifatida - nomaqbul e'lonlar, havolalar, tasodifiy rasmlar, keraksiz taklif va tijorat masalasi boyicha xabarlar yubormang. Agar siz ularga shunday biron narsa yuborsangiz - sizni cheklab qo'yishadi.
Bundan tashqari o'zaro kontakt bo'lmagan foydalanuvchini guruh yoki kanalga qo'shganingiz haqida ham xabar berish mumkin.

Moderatorlar guruhlarga yuboriladigan xabarlar haqida gap ketganda yumshoqroq bo'lishadi, ammo spam yoki kiruvchi reklamalarni yuboradigan har kimga cheklov chorasi ko'riladi.

Savol: Endi nima qilaman?

Agar bu sizga birinchi marta sodir bo'lgan bo'lsa (va siz sanoat miqyosidagi spamer emas bo'lsangiz), ehtimol sizning hisob qaydnomangiz bir necha kungacha cheklangan bo'ladi. Iltimos, kutib turing va odamlar bizning messenjerimiz bilan tinchlikni xohlashlarini o'ylab ko'ring.

Takroriy huquqbuzarliklar blokirovka qilishning uzoq muddatiga olib keladi. Agar siz begonalarga istalmagan xabarlarni yozishni davom ettirsangiz, unda bu kabi qobiliyatingizni (ya'ni begonalarga xabar yuborish va shu kabilarni) abadiy yo'qotishingiz mumkin.

Savol: Men yuqorida aytilganlarning hammasini o'qidim va hech qanday qoidalarni buzmaganimga aminman!

Agar ushbu limit sizning akkauntingizga noto'g'ri ishlatilganligiga amin bo'lsangiz, iltimos, bizning @SpamBot- ga murojaat qiling.

Iltimos, noqulayliklar uchun bizni kechiring - hatto eng yaxshi tizimlar, algoritmlar va yaxshi o'qitilgan odamlar ham ba'zan xato qilishlari mumkin.

Savol: Men xato qilganimni bilaman, iltimos meni tezroq qo'yib yuboring!

Kechirasiz, lekin buning iloji yo'q. Biz Telegram foydalanuvchilarining ichki tinchligini juda qadrlaymiz.

Savol: Men ro'yxatdan o'tganman va hali hech qanday xabar yubormadim, lekin mening hisobim cheklangan.

Oldingi egalarining faoliyati yoki ba'zi virtual (usa, latviya va shunga o'xshash rasman sizga tegishli bo'lmagan) raqamlari bo'lganligi sababli ba'zi raqamlar bizning tizimimiz tomonidan cheklangan bo'lishi mumkin. Agar bu sizning hisobingiz sababsiz cheklanishiga olib kelgan bo'lsa, uzr so'raymiz.

Agar bu sizning ishingiz deb hisoblamasangiz, iltimos @SpamBot bilan bog'laning va nima bo'lganini batafsil aytib bering.

  • Maqolani ulashish→

Report Page