So‘z boshi assalom, ish boshi intizom

So‘z boshi assalom, ish boshi intizom


Avval xabar berganimizdek, bugun Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshirig‘i bilan o‘rganish va amaliy yordam berish uchun tuzilgan Ishchi guruh aʼzolari - Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Davlat kadastrlari palatasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Misirov, Sh.Kuvanov X.Sanginov, D.Xoliqovlar boshqarmaning Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlari filiallari faoliyati bilan tanishdilar va xodimlar bilan suhbatlashdilar. 

Tadbirlarda shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar ishtirok etdilar.

Ishchi guruh aʼzolari joylarda kadastr xizmati xodimlari bilan uchrashuvlarda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Respublikada kadastr tizimida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar, yangi qurilishlar, raqamlashtirish va sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida maʼlumot berdilar. Shu bilan birga, tizimda uchrayotgan bir qator muammolar va salbiy holatlarga to‘xtalib, ularni tahlil qilib o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

O‘rganish jarayonida asosiy diqqat eʼtibor xodimlar tomonidan mehnat va ijro intizomiga, xizmat va kiyinish madaniyatiga rioya qilinishiga, murojaatchilar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratmoqdalar. Yosh xodimlarning malaka oshirish haqidagi, ish vaqti va mutaxassislar oliy o‘quv yurtlarida o‘qishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqidagi qiziqarli savollariga javob berdilar.

“Namangan viloyati kadastr tizimidagi o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalgi aniqlangan bir qator kamchiliklar to‘la bartaraf etilgan, murojaatchilar va xodimlar uchun sharoitlar yaxshilangan, 3 ta tuman filiallarida yangi binolar ishga tushirishga tayyorlanmoqda, barcha viloyatlar kabi bu yerda ham bunyodkorlik ishlari avjida, eng asosiysi xodimlar ishida, kayfiyatida ijobiy o‘zgarishlar katta” – dedi Ishchi guruh aʼzosi N.Misirov.

Joylarga chiqqan ishchi guruh aʼzolari, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun belgilangan moddalarining mazmun-mohiyatini tushuntirdilar. Korrupsiyani oldini olish uchun barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarishlari, aholi va tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishlari, hushyor bo‘lib turli nopok kimsalarning aldoviga uchmasliklari, ularga vaʼda bermasliklari qayta qayta tushuntirildi.

Ishchi guruh aʼzolari tumanlar filiallari xodimlarga sohadagi yangiliklar, ularni qiziqtirgan savollar va tajribada uchrab turgan muammoli masalalar yuzasidan amaliy yordam va maslahatlar berdilar. 

O‘rganish ishlaridan maqsad, hamjihatlikda xalqimizga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish hamda soha imijini yana-da ko‘tarishdan iboratdir.

Matbuot xizmati.

Report Page