Soxta muslimalar
Lo'tti Lo'ttivoz @kritikrovshan
Agar itning duosi qabul bo’lganda osmondan suyak yog’ilardi.
Bugun atrofni kuzatib shu xulosaga keldim: dunyo soxtagarchilikka to’libdi. Soxta do’stlik, soxta muomala, soxta munosabatlar, soxta mehribonchilik, ayrimlari esa yozishga majbur qildi: soxta muslimalar. Avval rosa o’yladim, tuxmat bo’lib qolmasmikan deb. Endi aminman rostdan atrofni soxta muslimalar qurshab olibdi. O’zlaricha Qur’ondan, Hasdisdan uch-to’rt oyat-u kalimani yodlab olib muslimalik davo qilayotgan qizlar hamma joyda topiladi ekan. Islomdagi 5 farzni to’liq bajo keltirmay, ammo o’zlarini xudoga yaqin sanab har xil ig’volar qilayotganliklarini ko’rib ensam qotadi. O’zlarini chin muslima sanab har xil postlarni yozishadi-yu, ammo ularga nomahramlardan kelgan smslarga javob bermoqnida farz bilishadi. Qalbimda Ollohdan boshqa hech kim yo’q deydi-yu, nomahramlarga tikilib, ularning xirsini keltirib kiyinib yurishadi. Bilib qo’ying agar sizning qalbingizga ozor berishni Ka’bani buzish bilan tenglayotgan bo’lsangiz bu ishingizdan “sirazi” qayting. Chunki sizning fikrlaringiz biroz xato. Siz o’zingizcha Olloh yo’lida sevishni tavsiya qilasiz, unutmang Olloh yo’lida do’stlar (muslim birla muslim, muslima birla muslima) bir-birini sevishlari mumkin xalos. Sizniki esa turgan bitgani “shimildiriq”. Otan-onamning nomusini yelkamda ko’tarib yuribman deysiz-u, o’zi sizda yelka, yelkadan o’sib chiqqan bosh va yuz “vopshem” yo’qligini unutib qo’ygansiz. Sizdagi soxtagarchilik eng yomon, eng pastkash ish. Chunki siz odamlarga emas xudoga soxtagarchilik qilyapsiz. Tor shimlar, kalta yubkalar kiyib tushgan suratingizni “Juma muborak” so’zlari bilan milliardlab nomahramlar ko’ziga tashlab internetga qo’yasiz. Bu bilan siz muslimaligingizni isbotlamoqchisiz? O’zi bilamizki, agar Qur’onni o’rganaman deb “Hafti yakka” tushsangiz 1200 yilda ham uni yodlolmaysiz-da, muslimalikni davo qilasiz. Qur’ondan bir oyat tushgan muslimaning qalbida, nomahramlarga o’rin bo’larmikan? Dinni bir chetga qo’yib turaylik, aslida sizda odamgarchilik ham yo’q. Siz buni sezmaysiz. Qachon do’stlaringizga biror ehtiyoj yuzasidan emas chin qalbdan yordam bergansiz. Qachon odamlarga foyda emas faqat zarar keltirayotganingizni, sizning soxtagarchiligingiz ularning asablariga tegayotganligini, ularga o’zingizdagi “negativ” to’lqinlar orqali salbiy ta’sir o’tkazayotganingizni his etasiz? Siz men mehribonchilik qilsam meni yaxshi ko’rishadi deb o’ylaysiz. Kechirasiz odamlar soxta munosabatlar bilan haqiqiysining farqiga bormaydigan darajada “befarosat” emas. Hammani o’z qarichingiz bilan o’lchamang, siz pastkash bo’lsangiz butun dunyo xuddi shunday degani emas. Siyrat, gapirilayotgan gaplar, yodlangan “shablon” ibratli voqeyalar bu sizning iymonli ekanligingizdan darak berib qo’ymaydi. Sizdagi kamchiliklarning eng kattasi ikkiyuzlamachilingizda. Dinimizda bir gap bor: “Piyonista bilan aroqni, eshon bilan sunnatni muhokama qiladigan odam eng razil odam”. Sizni tanimagan, birinchi marta ko’rgan odam yaxshi xulosa qilishi mumkin. Ammo sizning olamingizga qanchalik ko’p kirib borishsa, sizdan shunchalik ko’p nafratlanishaveradi. Sizda teskari paradoks. Insonlarga ochilmagan kitoblar qiziq, har bir varog’ida “здес был Вася” degan yozuvli kitoblar emas. Umuman siz kitob ham bo’lolmaysiz, oshib borsa gazeta bo’lishingiz mumkin. Chunki “Darakchi” singari gazetalarning har payshanba yangi soni chiqadi. Siz ham shunday har payshanba yangi soniga xaridor bo’ladiganlar turidansiz. Yana dinga qaytsak: “Bu dunyosi xor bo’lishini istagan siyosat bilan. Narigi dunyosi kuyishini istagan din bilan o’ynashadi”. Siz bu dunyoni xarob qilmaganingiz singari, dinni ham yomon otliq qilmang. Chunki nomusilmonlar sizga qarab butun muslimalarga “to’n bichib” qo’yadi. Atrofimizda o’zining muslima ekanligini reklama qilmasdan ham Ollohga yaqin bo’layotganlar, yoki o’z muslimaligi bilan barchaning hurmatiga sazovar bo’layotganlar ko’p. Lekin siz qoziqning uchi ham, oxiri ham emassiz. Chunki siz bilasiz qoziqning uchi borib toshga tegishi yoki qoziqning oxirini tosh bilan urib majaqlashlari mumkin. Siz shunday “silliqsiz” hamma joyga oson kirib ketishni ko’zlaysiz. Balki siz atrofimdagilar mendan yaxshi gumonda bo’lsin deb shunday qilarsiz. Lekin o’ylab ko’ring, bir tanishingiz 20 yildan keyin farzandlariga palonchixon yaxshi qiz edi, tushida payg’ambarimizni ko’rardi desa, farzandlari: “Ota u qiz yaxshi bo’lgan bo’lsa, siz uning ko’rgan tushini qayerdan bilasiz?”, - demaydimi? Ha barakalla, xuddi shunday voqeyalar yuz beradi. Xullas meni so’kasizmi, qarg’aysizmi menga farqi yo’q. Ortiq asablarim soxtagarchiliklarga dosh bera olmaydi. So’zimni Rumiyning bir gapi bilan tugatmoqchiman: “Yo asling kabi ko’rin va yo ko’ringaning kabi bo’l”.
Lo’tti Lo’ttivoz 27.01.2019