So'rovnoma va u bilan bog'liq to'lovlarni amalga oshirishda qo'yilgan cheklovlar

So'rovnoma va u bilan bog'liq to'lovlarni amalga oshirishda qo'yilgan cheklovlar

uzasboyangiliklari

So'rovnomada agar ijtimoiy soliq summasi bo'lsa, avval uni o'tkazish kerakligi bo'yicha cheklov mavjud edi. Aks holda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag` bilan ta`minlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi Qaror ilovasining 11-bandi hamda Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda 2850-son bilan ro`yxatdan o`tgan “O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g`azna ijrosi qoidalari”ning 4-bandi talablariga muvofiq I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to`lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi. Sizda 1 IDli so`rovnoma bo`yicha ijtimoiy soliq to`lov topshiriqnomasi oplachen holatda emas, degan xatolik chiqardi.

Soliqlar o'z vaqtida to'lanishini tekshiruvchi cheklov

Soliq kodeksining 390-moddasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining to'lash tartibi belgilangan bo'lib, unda to‘lov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga daromadlarni to‘lash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan to‘lanishi belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2005 y. 110-sonli qarorining 1-bandida fuqarolarning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar jismoniy shaxslar daromad soligʻining byudjetga yoʻnaltiriladigan bir qismi hisobidan amalga oshirilishi hamda byudjetga toʻlanadigan soliqlar va majburiy toʻlovlarga tenglashtirilishi belgilangan. Avval soliq hisobotlarida xodimlarga to'langan daromadlar sanasi ham ko'rsatilardi va mos ravishda soliq o'z vaqtida to'lanmagan holatlar uchun penya ham hisoblanardi. Bugungi kunda soliq hisobotlarida bu kabi ma'lumotlar ko'rsatilmayapti, tashkilotlar tomonidan ham tegishli soliqlarni o'z vaqtida to'lashga e'tirbor qaratilmayapti. Shu kabi holatlarni hisobga olib, endilikda so'rovnoma bo'yicha ijtimoiy soliq summasidan keyin birinchi navbatda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga badallar summasini o'tkazilganligini tekshiruvchi cheklov qo'yildi. Mazkur to'lovlar bo'yicha to'lov hujjatlari to'langan statusda bo'lmasa, qolgan to'lovlarni amalga oshirib bo'lmaydi.

Avvalgi so'rovnomalar bo'yicha kassa xarajatlari to'liq amalga oshirilganligini tekshiruvchi cheklov

Shunindek, tashkilotlarda so'rovnomalar bo'yicha kassa xarajatlarini to'liq amalga oshirilmaslik holatlari ham ko'p kuzatiladi. Shu sababli ham har yili yil boshida qolib ketgan summalarni yuridik majburiyat ro'yxatdan o'tkazib, to'lov qilishga to'g'ri keladi. Yoki xarajatlar smetasida summa ko'rinib tursada, so'rovnomalarni qabul qilmaslik holatlariga sabab bo'ladi. Shu kabi holatlarni hisobga olib, so'rovnoma bo'yicha kassa xarajatlarini amalga oshirishda avvalgi davrdagi so'rovnomalar bo'yicha kassa xarajatlarini to'liq amalga oshirilganligini tekshiradigan qilindi. Aks holda, quyidagi ogohlantirish chiqadi:

Mazkur cheklov nima uchun chiqayotganligini bilish va tashkilotdagi so'rovnomalar bo'yicha kassa xarajatlari qanchalik to'liq amalga oshirilganligini aniqlash uchun Hisobotlar qismiga So'rovnomadagi hisoblangan va to'langan pul mablag'lari hisoboti qo'shildi. Bu yerda so'rovnomalar bo'yicha barcha ma'lumotlar ko'rinadi.

Shuningdek, Hujjatlar-To'lov hujjatlari-To'lov hujjatlari qismiga ham so'rovnoma IDsini yozgan holda filtr qilish imkoniyati qo'shildi.

Ma'lum bir ushlanmalar bo'yicha to'lovlarni belgilangan hisobraqamlarga o'tkazilayotganini tekshiruvchi cheklov

Misol uchun, to'lov hujjatini tasdiqlashda quyidagicha ogohlantirish chiqishi mumkin: Ipoteka kreditlari va ularning foiz toʻlovlari (subsidiyali) toʻlov turi boʻyicha dastlabki beshta raqami 19909, 21506, 22476, 22812, 23108 boʻlgan hisobraqamlarga pul chiqarish mumkin. Hujjatda esa 20201 bilan boshlanuvchi hisobraqam tanlanyapti. Mazkur cheklov O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G'aznachilik xizmati qo`mitasining 10.05.2024 y. 01/13-33/84-sonli xatiga asosan qo`yilgan. Bu cheklovdan maqsad to'lovlarni o'tkazishda tashkilotlar xatolik tufayli ham boshqa hisobqaramlarga pul chiqarib yuborishining oldini olish hisoblanadi. Hattoki, SHJBPHga badal summasini kasaba uyushmasiga yoki kasaba uyushmasini SHJBPHga badalga tegishli 22628 bilan boshlanuvchi hisobraqamga o'tkazib yuborish holatlari ko'p uchrardi.



Report Page