So'rovnoma asosida to'lovlarni amalga oshirishdagi muammolar

So'rovnoma asosida to'lovlarni amalga oshirishdagi muammolar

uzasbouz
  1. Avans boshqa bir tashkilotdan chiqib, uni boshqa bir tashkilotda ushlab qolish kerak bo'lganda. Jismoniy tarbiya va sport bo'limlari xodimlariga avans boshqarmasi tomonidan chiqarildi, lekin ish haqi bo'limning o'zidan chiqarildi. Bunda avans ushlab qolinishi kerak, lekin shu bilan birga yuboriladigan so'rovnomaning jami summasida avans summa qatnashmasligi kerak. Lekin UzASBO DMda faqatgina shu tashkilotdagi jo'natilgan va qabul qilingan avans so'rovnomasidagi summalar chegiriladi.
  2. O'tgan yilgi so'rovnomadagi ma'lum bir to'lovlar o'tkazilmay qolganda. Ma'lum bir to'lovlar qaytib kelsa yoki o'tkazilmay qolsa, ularni joriy yil hisobidan chiqarish kerak bo'ladi. Yil yakunlanganligi sababli ushbu summalarni so'rovnoma asosida chiqarish uchun ularni joriy yilgi so'rovnomalarga kiritish kerak bo'ladi. Bunda xodimga qo'shimcha ish haqi hisoblanmasligi kerak, chunki bu bilan xodimning daromadi sun'iy tarzda ko'payib ketadi. Faqatgina so'rovnomada tegishli xarajat kodida hisoblangan ish haqini oshirib ko'rsatish kerak bo'ladi.
  3. Avans so'rovnoma xatolik tufayli qaytarilganda. 1-bandda aytilganidek, UzASBO DMda faqatgina shu tashkilotdagi jo'natilgan va qabul qilingan avans so'rovnomasidagi summalar ish haqi so'rovnomasini jo'natishda chegiriladi. Yaqinda ommaviy tarzda avans so'rovnomalarning qaytarilishi natijasida tashkilotlarning ish haqi so'rovnomasida avans ayrilmay g'aznachilik organlariga jo'natildi. Buning natijasida yanvar oyi avansini chiqarishda va umuman 2021-yilda yil bo'yi muammolar kelib chiqadi.
  4. Ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha kreditor qarzdorlikni to'lashda.
  5. Xodimga ortiqcha to'lov hisoblanganda va to'langanda va mazkur summa qaytarilganda. Bunda qaytarilgan summaga xarajatlar smetasida shuncha summa so'rovnoma bilan band bo'lib qoladi. Shu sababli smetadagi summani kassa qilishda muammolar kelib chiqadi, 2020-yil yakunida bir qancha tashkilotlarning xarajatlar smetasida summalar shu sababli ishlatilmasdan qolib ketdi. Shuningdek, xodimga xatolik tufayli ortiqcha ish haqi hisoblangan bo'lsa, unga nisbatan hisoblangan soliqlar ham kelgusidagi so'rovnomalardan chegirib qolinishi kerak va bu ham ayni vaqtda yechilmayotgan muammo.
  6. Yuborilgan avans so'rovnoma va chiqarilgan avans summa mos kelmaganda. Buni 9-bandda aytilgan g'aznachilik organlariga berilgan vakolatdan foydalanib avans so'rovnomani qaytarib ham yechib bo'lmaydi. Agar o'tgan oyda avans uchun ortiqcha so'rovnoma jo'natilgan bo'lsa va chiqarilgan avans vedomosti bilan avans so'rovnomalarining summasi aynan shu summaga farq qilayotgan bo'lsa, bunda 9-bandda aytilgan vakolatdan foydalanib, tegishli oy uchun ish haqi so'rovnomasini jo'natishdan avval o'sha ortiqcha avans so'rovnomasi qaytarib yuborilsa bo'ladi.
  7. So'rovnoma bo'yicha barcha to'lovlar chiqib va bunda biron bir to'lovni o'tkazishda adashib summani boshqa xarajat kodidan chiqarib yuborib, eng oxirida naqd pul va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qolib ketishi. Bunda UzASBO DMda JSHDSni o'tkazish uchun tuzilgan to'lov topshiriqnomasini tasdiqlashda tanlangan so'rovnomada ham xarajat kodlari bo'yicha tegishli summalar ko'rsatilganligini tekshiradi. Naqd pul to'lov topshiriqnomasini qabul qilishda esa DMBAT DMda muammo kelib chiqishi mumkin.
  8. O'tkazilgan to'lov topshiriqnomasi bank hisobraqamining xatoligi yoki boshqa sabablar bilan qaytarilsa va qaytgan summani to'g'rilab chiqarishda DMBAT DMda so'rovnomadan oshib ketayotganlik bo'yicha cheklov chiqayotganligi. Mazkur holat hozirgi vaqtda DMBAT DM administratorlari tomonidan to'g'rilab berilyapti.
  9. Ma'lum bir to'lovlar bo'yicha kassa xarajatlari amalga oshirilgan so'rovnomalar orqaga qaytarilganda yangi jo'natilgan so'rovnomada DMBAT DMda yangi ID berilishi. DMBAT DMda so'rovnoma asosida to'lovlarning o'tkazilishi UzASBO DMdagi so'rovnoma IDsiga emas, balki protokolda ko'rsatilgan IDga bog'langan. Bu ID esa hujjat bir marta orqaga qaytarilgandan so'ng uni qayta jo'natishda yangidan beriladi. Hozirda muammoli holatlarda ma'lum bir g'aznachilik xodimlariga kassa xarajatlari amalga oshirilgan so'rovnomalarni ham qaytarish vakolati berilgan. Buning natijasida so'rovnoma hisobi buziladi, u orqali amalga oshirilgan kassa xarajatlarini to'liq va to'g'ri bo'lishini nazorat qilib bo'lmaydi.
  10. Xodimlarga yo'l kartochkasi yoki sovg'a berilsa, soliqlar to'g'ri hisoblanishi, soliq hisobotida ma'lumotlar to'g'ri shakllanishi uchun tegishli summalar ish haqida aks ettirilishi kerak, lekin so'rovnomada ko'rinmasligi kerak.
  11. To'lov turi xato tanlanishi oqibatida qo'shimcha ijtimoiy soliq to'lashga to'g'ri kelishi mumkin. Bu, odatda, moddiy yordamga tegishli to'lov turi xato tanlanishi natijasida yuzaga keladi.

Yuqoridagi holatlarda (8 va 9-banddagi holatlar DMBAT DM bilan bog'liq) UzASBO DM administratorlari tashkilotga vakolat berishi orqali so'rovnomani to'g'ri jo'natish imkoni mavjud edi, ma'lum birlarida jo'natilgan so'rovnomani DMBAT DMdan qaytarish orqali bo'lsada. Lekin hozirda mazkur vakolatni ishlatmaslik bo'yicha Moliya vazirligi tomonidan ko'rsatma berilgan. Shuningdek, 2, 4 va 11-banddagi holatlarda O'zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g'azna ijrosi qoidalari (ro'yxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr)ga 9-ilovani new.mdm.uz ning Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Shartnomalar-Shartnomalar qismida tegishli tartibda hujjat tuzish va to'lovni o'tkazishda ham shuni tanlab vaziyatdan chiqish mumkin (lekin bunga ham yanvar oyining so'nggiga kelib cheklov qo'yishdi va hozirda elektron jo'natilgan yuridik majburiyat K03-1,2 guruh yuridik majburiyatlar taqiqlangan, xat raqami MN75642735 degan xatolik bilan qaytib kelyapti), 7-banddagi holatda so'rovnomani orqaga qaytarib to'g'rilash mumkin. Qolgan holatlarni esa yechish bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi kerak. Aks holda ortiqcha ovoragarchiliklar, xodimlarning ish haqi unga tenglashtirilgan to'lovlarni olishida kechikishlar va mavjud qonunchilik hujjatlarini buzilishlari yuzaga keladi.

Report Page