So’ngi hukmdor hayoti

So’ngi hukmdor hayoti



Yurtimiz o’z tarixi davomida ko’plab davlatchilik tizimini boshidan kechirdi. Shular orasida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan davlat Buxoro amirligidir. Buxoro amirligi dastlab temuriylar davlatini bosib olgan shayboniylar davrida, ya’ni 1556-yil taxtga kelgan Abdullaxon II davrida Buxoro Xonligi deb atala boshlaydi. So’ngra 96 o’bek urug’iga mansub mang’it urug’ining boshlig’I Muhammad Rahimbiy 1756-yil taxtga kelgach mamlakatni xonlik emas amirlik nomi ostida boshqara boshladi. Huddi shu sulolaning so’ngi vakili Amir Sayyid Olimxon hisoblanadi.
Amir Sayyid Olimxon haqida ko’plab tarixiy asarlar yozildi. Bu asarlar orasida o’zining qalamiga mansub ‘’Buxoro xalqining hasrati tarixi’’da ham ko’plab tarixiy haqiqatlar ochib berilgan. Undan tashqari Nusratillo Naimov qalamiga mansub ‘’So’ngi Hukmdor’’ asari ham a’lohida diqqatga sazovordir.

Amir Sayyid Olimxon 1881-yil Amir Abdulahadxonning Karmanadagi Olchin saroyida tavallud topdi.Amirning Olimxondan tashqari Sayyid Mansur ismli o’g’li bo’lganligi manbalarda kelturilgan. Amir Olimxon ilk muchal yoshiga yetgan paytda, ya’ni 1893-yil otasi Abdulahadxon kabi o’sha vaqtda Rossiya poytaxti Sankt-Peterburgga davlat boshqaruvi va harbiy san’atdan tehsil olish uchun jo’nab ketadi. U yerda Olimxon Nikolayev kadet korpusining imperator oliy hazratlarining faxriy qorovullari vazifasini bajaradigan ‘’pajlar’’ bo’limida o’qishni boshlaydi. Olimxom muddatidan oldin o’qishni tugatib 1896-yil Buxoroga qaytib keladi. 1898- yil esa Qarshi viloyatiga hokimlikka tayinlanadi. Shundan keyin o’n ikki yil mobaynida shu vazifada ishladi. O’sha yillar davomida muayyan o’zgarishlarga bosh bo’ldi. Xususan, viloyat hududidan oqib o’tadigan daryo ustidan uzunligi 122m, eni 8,2m daryo tubidan balandligi esa 5,35m bo’lgan ko’prik qurdirib, odamlarning uzog’ini yaqin qildi. Ko’prik ustida esa to’rtta ravoq (qorovulxona) bunyod etadi. Bundan tashqari bir qancha madrasa va ibodatxonalar bunyod ettiradi. So’ngra Amir Abdulahadxonning sog’ligi yomonlashgach dastlab Karmanaga hokim etib tayinlanadi. 1910-yil Buxoroda musulmonlarning shia va sunniy mazhabi vakillari orasida katta nizo kelib chiqadi. Shunday vaziyatda 1910-yil 22-dekabr kuni Amir Abdulahadxon vafot etadi. Bu vaqtda maxsus topshiriq bilan Toshkentga yuborilgan Amir Olimxon esa zudlik bilan Buxoroga qaytadi va 30-dekabr kuni amirlik taxtiga o’tiradi.
Amir Olimxon 1910-1920-yillar davomida amirlikni boshqardi. Rossiyada ta’lim ko’rgan va zamonaviy fikrlaydigan yosh amir dastlab bir qator islohotlarni amalga oshira boshlaydi. Bu islohotlar bevositasi amirlikda yuqori nufuzga ega bo’lgan bir qancha ulamo va umarolar manfaatiga zid kelar edi. Ular esa yosh amirni o’z ta’sirlarida saqlashga harakat qilishar edi. Bular orasida qozikalon Mirzo Urganjiy va rais Burxoniddin ta’siri ancha kuchli edi. 1917-yillar Buxoroda vaziyat ancha keskinlashdi. Bir tomondan, jadidlar bir qator islohotlar o’tkazilishini talab qilib chiqishardi, boshqa tomondan esa ruslarning bosqini xavf tug’dirar edi. Shunday vaqtda badkirdor ulamolar amirning kunini maishat bilan o’tkazish uchun ‘’tinmay harakat’’ qilishardi. Bu ishlar o’z samarasini bermay qolmadi. Nihoyat, 1920-yil uzoq kutilgan voqea sodir bo’ldi. Jadidlar isyoni vaqtida bir guruh jadidlar Turkistonga qochib ketishgan edi. Huddi shular tomonidan Toshkentda tuzilgan inqilobiy qo’mita yordami bilan Mixail Frunze boshliq qizil askarlar Buxoroga bostirib kirdi. Ularga qarshi Amir Olimxon doimiy qo’shindan tashqari ‘’barbari’’, ‘’arabbachchalar’’, ‘’sherbachchalar’’ deb atalgan afrikaliklardan, mahalliy arablardan hamda yosh va sog’lom mahbuslardan tuzilgan otryadlarni safarbar qildi. Ammo, hukmdor qo’shini tarkibida haqiqiy jangarilardaniborat dastalar ham bor edi. Bular bevosita hukmdorga yohud lashkarboshiga bo’ysunadigan ‘’kavkazliklar’’, ‘’dumbolapurlar’’, ‘’merganlar’’ va boshqa bir qator jangovar dastalar edi. Hammasi bo’lib, o’shanda Olimxon qurolli kuchlari safida yigirma mingdan ortiq askar to’plandi.
Mirza Salimbek o’zining ‘’Tarixi Salimiy’’ asarida yozishicha, o’sha vaqtlarda askarlarning bir kunlik xarajati uchun xazinadan 200 tillo tanga sarflanar edi. Obid Ko’lobiy esa ‘’Tanzilul amsol’’ asarida bu to’g’risida shunday deydi:yangidan safarbar etilgan askarlar bilan hech qanday harbiy mashqlar va darslar o’tkazilmas, ular kuni bilan tentirab yurishardi. Garchi amir hazratlari sho’rolar hukumatiga qarshilik ko’rsatish kabi qaltis, xatarli yo’lga tushgan bo’lsada, kechayu kunduz bazm va kayfu safoni kanda qilmas edi…’’.Frunze shtabining Rossiya hujjatlarida saqlanayotgan ma’lumotlariga ko’ra, uch kun mobaynida muqaddas shahar ustiga jami bo’lib 12 mingta aviabomba va snaryad tashlanib, shahardagi binolarning deyarli yarmi shikastlangan. Nafaqat amir askarlari, balkim yuzlab va minglab begunoh fuqarolar shahid bo’lishgan.Shunday og’ir damda Amir Olimxon Sitorayi Moho Xossa qarorgohidan chiqib, mang’itlar sulolasi vakillari 168 yil hukmronlik qilgan yurtni tashlagancha sho’ro askarlari taqibidan qochib shimol tomonga qocha boshladi. U o’shanda o’zi bilan xazinada ozroq tilla va javoxirlarni olib keta oldi. Xotin va bolalari qo’rshovdagi shaharda qolib, saroydagi bir qancha raqqoslarni olib ketishga azm qildi. Hukmdor o’tirgan avtomobil ortidan 20-30 Qo’qon aravasidan, o’nlab yuk ortilgan tuyalardan iborat karvon hosil bo’ldi. Bu karvonni bir necha yuz kishidan iborat afg’on askarlari va amirning shaxsiy gvardiyasi sarbozlari qo’riqlab borishdi.
Olimxon Dushanbe va Qo’rg’ontepada bir muddat yashagach, qarorgohini hali qizil askarlarning qo’li yetishi qiyin bo’lgan Boysunga ko’chirdi, Buxoroni qizil askarlardan qaytib olishga kirishdi. Olimxon tog’lik viloyatlarda safarbarlik e’lon qilib, qisqa muddatda 15 ming kishilik lashkarga ega bo’ldi. Ularni aslaha bilan ta’minlash maqsadida sharqiy viloyatlardagi viloyatlar beklarining xazina mablag’larini safarbar etilib, Mashhad va Qoshg’ardan ingliz qurollari olib kelindi. Lekin bu ishlar ham behuda ketdi. Qizil askarlar barcha tog’lik hududlarni bosib olishdi.
Amir Olimxon 1921-yil 4-mart kuni hamrohlari bilan hozirgi Tojikiston Respublikasi hududida bo’lgan Panj daryosining Chubek kechuvidan Afg’oniston amirligi hududiga o’tdi. Shuni ta’kidlamoq lozimki, o’shanda Olimxonga ergashib hozirgi Tojikistonning janubiy hududlaridan 200 mingdan ziyod aholi Afg’nistonga muxojirlikka o’tib ketdi. Qo’rg’ontepa, Ko’lob, va Hisor viloyatlarida istiqomat qiloyatgan aholi sho’ro askarlari ularning xususiy mollari, yem-hashak va oziq-ovqat maxsulotlarini tortib olib ochlikka mahkum etayotganliklari ularni vatanni tark etishga majbur qildi.
Amir Olimxon tahminan 500 kishilik amaldorlari, mulozimlariva askarlari bilan Kobulga, Afg’oniston amiri Omonullaxon huzuriga yetib keldi. Afg’on hukmdori Amir Olimxonga o’zining yozgi qarorgohiga yaqin bo’lgan Qal’ai Fotu qo’rg’onini muqim yashash uchun tortiq qildi, bemi ko’st yashashi uchun oyiga 12 ming rupiya nafaqa belgiladi. Omonullaxon amir saroyining sobiq amaldorlarining har biri uchun ham muayyan moyana tayinladi. Shundan so’ng umrining oxirigacha, ya’ni 1944-yilgacha shu qo’rg’onda yashadi.
U Afg’onistonda bo’lishiga qaramasdan Buxoro hududidagi qizil askarlarga qarshilik harakatlarini qo’llab turdi. Masalan, Sharqiy Buxorodagi milliy-ozodlik harakati guruhlariga Tehronda yashaydigan tog’asi Tog’aybek Jonmirzayev orqali qurol-yarog’lar va pul mablag’larini berib turdi. So’ngra esa u inglizlar bilan aloqa bog’lashga harakat qilib tog’asi Jonmirzayev orqali Buyuk Britaniyaning Mshhaddagi konsuli bilan aloqaga kirib, inglizlar uchun foydali bo’lgan rejasini yozma ravishda bayon qildi. Bu esa amalda Buxoroni Buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylantirish rejasi edi. London esa bu maktubni olgan bo’lsa lom-mim demay sukut saqladi.
Chorasiz qolgan bir vaqtda amir Surhon viloyati hokimi Ibrohimbekning Ko’lob, Boljuvon, Qorategin va Darvoz viloyatlarini qizil askarlardan halos etgani haqidagi xabarni eshitgach Ibrohimbekni Buxoro qo’shinlari bosg qo’mondoni etib tayinlaydi va u bilam muntazam aloqani yo’lga qo’yadi. Shunday bir vaziyatda Turkiyaning Italiya bilan bo’lgan urushida qo’mondon sifatida qozongan g’alabalari bilam shuhrat qozongan Anvar poshshoning Buxoroga kelishi ko’p narsani o’zgartiri yubordi. Ibrohimbek va Anvar poshsho birgalikda harakat qilib juda ko’p hududlarni qizil askarlardan ozod qildi. Shundan keyin Amir Olimxon Anvar poshshoni bosh qo’mondon qilib saylab ikkalasini biriktirish o’rniga oralariga sovuqchilik tushirib xatoga yo’l qo’ydi.
1929-yil kuzida amir hayotida mudhish bir voqea sodir bo’ldi. Moskvada bosiladigan’’Izvestiya’’ gazetasida amirning Buxoroda qolib ketgan kenja o’g’li Shohmurodxonning otasidan voz kechish maktubi bosilib chiqdi. Shohmurodxon olti yildan buyon Moskvada o’qimoqda edi.
Vaqt o’tishi bilan vaziyat ancha taranglashaverdi. Dastlab Qal’ai Fotuda 320 kishi bore di. Asta-sekin ularning ko’pchiligi mablag’ tanqisligi tufayli amir xizmatidan chetlashtirila boshlandi.
Amir Olimxon bir necha marotaba dunyo jamoatchiligini sho’rolar hukumatining Markaziy Osiyoda qilayotgan ishlariga qaratishga harakat qildi. Shu maqsadda 1923-yilning 4-iyulida butun dunyo jamoatchiligiga murojaatnomasi Reyter agentligi orqali g’arbdagi barcha matbuot nashrlariga tarqatildi. 1927-yilda esa Jenevada o’tayotgan Millatlar Ligasiga ham vakil yubordi. Amirning Qizil Xoj va Qizil Yarimoy jamiyatiga oila a’zolarining majburan saqlanayotganidan shikoyat qilgan. Shundan so’ng amirning onalari To’raoyim, Shamsiyaoyim, To’tioyim, xotinlari Muharramoyim, Muborakoyim, Xursandoyim, qizlari Xosiyatoy va Saodatoy jami bo’lib 51 kishi Afg’nistonga jo’nab ketishgan. O’sha yillarda Olimxonning sho’ro mamlakatida Rahimxon, Sultonmurod va Shohmurod ismli o’g’illari qolib ketgan. Sho’ro hukumati to’ng’ich ikki o’g’lini otasiga qarshi matbuotda chiqishiga ko’ndirishga bo’lgan harakati samara bermagach, kenja o’g’li Shohmurodni bunga ko’ndiradi. Amirning to’ng’ich o’g’li Sultonmurod tug’ma nogiron bo’lib, bir oyog’I falaj edi. Qirqinchi yillarning boshlarida dushmanning farzandi sifatida qamoqqa olinib, o’sha yerda vafot etadi. Ikkinchi o’g’li Rahinxon esa otasi bilan aloqa bog’lashga harakat qilgan. Natijada xorijdagi aksilinqilobiy kuchlar bilan aloqa bog’laganlikda ayblanib otib tashlangan. Kenja o’g’li Shohmurod esa harbiy bilim yurtini tugatib urushga ketadi. Polkovnik Shohmurod olimov Qrimni dushmanlardan ozod qilish janglarida oyog’idan qattiq jarohatlanib bir oyog’ini kesdirib tashlashga majbur bo’ladi. U keyinchalik ko’p yillar davomida harbiy-injenerlik akademiyasida kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko’rsatadi. Unga xotini Larisa Borisovna va qizi uchun Kreml saroyi yaqinidan alohida kvartira berishadi.
Buxoroning sobiq amiri Mir Sayyid Olimxon 1944-yilning 30-aprel kuni xor-u zorlikda va g’ariblikda yurtidan uzoqda Afg’onistondagi Qal’ai Fotuda vafot etdi va Qobul yaqinidagi ‘’Shahidoni islom’’ (‘’Islom shahidlari’’) qabristoniga dafn etiladi. Umrining oxirgi yillarida ko’zi shikastlanib ko’rmay qoladi va juda ham qiyin kunlarni boshidan kechiradi.
O’limi oldidanBuxoroning so’ngi hukmdori o’z qabriga quyidagi so’zlarni yozib qoldirishni vasiyat qilgan:’’ Vatansiz amir- nochoru abgor, vatanida o’tgan gadoy- haqiqiy amir.
Муаллиф: Мамасоат Раимов,
Тарих 4-курс. tel:905224474

Historical posts telegram kanali uchun maxsus!👉

https://t.me/joinchat/AAAAAE7IcRoOAegEzTN7ZQ

Report Page