"Tarix" yo'nalishiga kirgan talabalarga 1-semestr (yarim yil davomida) o'tiladigan fanlar, Siz bir semestr davomida nimalarni o'rganasiz?, albatta o'qib chiqing!
Jalol BOLTAYEV๐Jahon tarixi (Qadimgi Sharq tarixi) โ Bu fan taqvim rejasi, odatda, Qadimgi Mesopotamiya yoki Misr tarixidan boshlanadi va batafsil o'rganiladi. Masalan, Qadimgi Mesopotamiya tarixi, diniy bilimlari, mifologiyasi, adabiyoti, me'morchiligi, san'ati alohida akademik soat sifatida ham o'tilishi mumkin. Misr tarixining har bir davrini ham alohida akademik soat sifatida o'rganasiz. Asosiy adabiyotlardan biri sifatida Shuhrat Ergashevning "Qadimgi sivilizatsiyalar tarixi" , Farhod Sultonovning "Qadimgi davr" va boshqa ko'plab tarixchilarning kitoblaridan foydalansangiz bo'ladi. Inglizcha adabiyotlar ham juda ko'p va juda zo'r, masalan "The peopling of the world".
๐ O'zbekiston tarixi - Bu fan taqvim rejasi, odatda, O'rta Osiyo ibtidoiy tarixining bosqichlari, ibtidoiy tarixni davrlashtirish, O'zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari mavzularidan boshlanadi. Har bir davr (paleolit, mezolit...) alohida, hatto, 2 yoki 3 akademik soat davomida o'rganilishi mumkin. birinchi semestrda o'rganiladigan mavzular uchun asosiy darslik sifatida R.Shamsutdinov va Sh.Karimovning "Vatan tarixi", O.Begmetovning "O'zbekiston tarixi" va boshqa ko'plab adabiyotlardan foydalansangiz bo'ladi, umuman olganda, birinchi semestrda o'rganiladigan mavzular uchun asqotadigan adabiyotlar bizda yetarlicha, deb hisoblash mumkin.
๐ Tarixiy antropologiya - bu fanning taqvim rejasiga qaraydigan bo'lsak, antropogonez jarayoni, antropologlarning tadqiqotlari, chet ellardagi antropologiya maktablari, ularning hozirgi kundagi muammolari va yutuqlarini o'rganishingiz kerak. Ammo bu fan "yangi fan" hisoblanadi. :) Fan bo'yicha o'zbekcha adabiyotlaram juda kam, deyarli yo'q desa ham bo'ladi. Yoki men ko'rmaganman, Markaziy kutubxonaga borib ham, ustozlardan so'rab ham, internetni qarab ham topolmaganman, yaxshi qaramagandirman balki. :) Ammo, inglizcha, fransuzcha va ruscha adabiyotlar ko'p va juda zo'r, asli bu fan tarix fanlari ichida eng zo'r, eng qiziqarli fan. Lekin bir maqol bor-ku: "falsafani aslo yomon demang, faqatgina, faylasuf yomon bo'lishi mumkin". Hozircha, bu fanning ayrim mavzularini o'rganish uchun (taqvim rejadagi barcha mavzu uchun emas!) yaqinda tarjima qilina boshlangan Yuval Noa Hararining "Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi" asaridan foydalansangiz bo'ladi. Nurbek Alimov va bir qator tarjimonlar tomonidan o'zbekchaga tarjima qilinib borilyapti. 5 bobi tarjima qilindi. Ilmiy-ommabop asar.
๐ Arxeologiya va etnologiya - 1-semestr davomida bu fanning arxeologiya qismi o'rganiladi. Juda yaxshi fan. Asli, qadimda "Arxeologiya" bilan "Tarix" ayni bir mazmunni anglatgan. Rim arxeologiyasi deganda, Rim tarixi tushunilgan. Ilk bor arxeologiya so'zi mil.avv.IV asrda Platon tomonidan "voqealar", "hikoya" ma'nosida ishlatilgan. Hozirgi kundagi tushunchada esa "arxeologiya" deganda, ibtidoiy, antik, oโrta asrlarga oid yodgorliklarni o'rganish va qayta tiklash ishlarini olib borish tushuniladi. O'zbek tilidagi manbalar nisbatan yetarlicha, o'rganiyotgan mavzungizga taalluqli maqolalarni ham qidirib topsangiz bo'ladi. Xullas, eng qiziqarli fanlardan biri.
๐ Xronologiya va metrologiya -ย 1-semestr davomida bu fanning xronologiya qismi o'rganiladi. Xronologiya bu - vaqtni o'rganadigan fan hisoblanadi. Asosiy manba sifatida Z.Rahmonqulovaning "Xronologiya" kitobidan foydalansangiz bo'ladi.ย
๐Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar - Talabalarga tarix fanini chuqurroq o'rganishda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning nazariy va amaliy ko'nikmalarini o'rgatadi. Sodda tilda aytadigan bo'lsam, siz Google Earth, AutoCAD, 3D Max, Corel Draw, PowerPoint, VideoEditor kabi dasturlarni o'rganasiz, informatika bilan bevosita bog'liqday tuyuladi. Farqi - siz bu fanda shu dasturlarni tarix fani bilan bog'lab o'rganasiz. Masalan, Corel Draw dasturida siz tarixiy xaritalar tuzishni o'rganasiz. Bu fan eng kerakli fanlardan biri, deb o'ylayman. Hozir yurtimizda AKT ni rivojlantirish - eng dolzarb mavzu. Kadrlarning AKT salohiyatini oshirish trendda bo'lishi kerak bo'lgan mavzu. Yurtimiz kelajagi, ta'lim sifatini oshirish uchun juda kerakli bo'lgan jarayon.
ย ย ย Bu fan bizga nega kerak?, degan savol tug'iladi. Javob shuki, siz nazariy bilimlaringizni amaliy qo'llashingiz, ommaga tatbiq etishingiz uchun kerak. Kitoblar, Videodarsliklar, online ta'lim platformalarini shakllantirish, sifatli ta'lim olish jarayonlarini optimallashtirish, bular - juda muhim!
๐ Falsafa - bu fan ham juda kerakli fanlardan. Qaysidir bir kanalda o'qib qolgandim "Falsafa fani keraksiz fan", deb yozilgandi. Yo'q, unday emas, boya aytganimdek, "Falsafani aslo yomon demang, faqatgina, faylasuf yomon bo'lishi mumkin". Asl mohiyatga qaraydigan bo'lsak, falsafani o'rganish davomida insonning dunyoqarashi, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyati o'sadi. Chunki siz fanni o'rganish davomida, turli faylasuflarning ta'limotlariga nazar tashlaysiz, tahlil qilasiz va o'z falsangizni shakllantirasiz. Bu fan dunyoqarashga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Lekin, o'sha kanalda yozilgan gapda ham nisbatan jon bo'lishi mumkin. Bu fan faqatgina qoidalar, teoriyalar sifatida o'tilsa, umuman tushunarsiz bo'ladi, yana bir jihati borki, falsafachi xolis bo'lmasa, talabaning fandan ko'ngli qolishi mumkin. Chunki 1000 ta talabaning 1000 tasida har xil falsafa bo'ladi. Aytaylik, Siz Suqrot falsafasiga qo'shilasiz, men qo'shilmayman (misol sifatida aytyapman). Bu mening shaxsiy falsafam bo'ladi. Shuning uchun ham fanda umumiyroq bo'lgan "klassik falsafa" degan termin bor.
๐ Murabbiylik va axborot soati - buni fan deyish qiyinroq. Lekin kerakli. Chunki, hafta davomida sizda va kuratoringizda "yig'ilib qolgan gaplar" bo'ladi. Keyin esa haftalik axborot soati bilan tanishasiz, o'z munosabatingizni bildirasiz, xullas zo'r (konspekt yozdirilmasa).
๐ Oliy matematika - eshityapsizmi, Oliy matematika! Tarixchilar uchun Oliy matematika (Kusto hayratda!). To'g'ri, fan yomon fan emas, ustozi ham o'z kasbining fidoyisi, lideri bo'lishi mumkin. Darsda o'zining barcha salohiyatini ishga solib o'tar ham. Ammo baribir tarixchilarga to'g'ri kelmaydi. Hozir kimdir, menga e'tiroz bildiradi: "Matematika mantiqni o'stiradi", deb. To'g'ri, matematika mantiqni o'stiradi. Faqat o'rta ta'limda. Mantiqni o'stirish uchun ayni shunga mo'ljallangan "Logika" ("Mantiq") degan fan o'tilsa ham bo'ladi (chet el universitetlaridagiday). Taqvim rejadagi mavzular "Hosilalar", "Determinantlar" va yana allambalolar sira mantiqni o'stirmaydi. Yana eslataman, matematika fanini va matematikadan kiradigan ustozlarni aslo yomonlayotganim yo'q, faqat bu fan Oliy ta'limda tarixchilar uchun to'g'ri kelmaydi, bekorga vaqt ketadi, deb aytyapman, chunki vaqt - oltindan qimmat! Bu fanning tarixchilarga (Oliy ta'limda!) kerakmasligi haqida gapiraman, desam juda ko'p gapira olaman. Ammo...
Va yana birinchi semestrda ๐ xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis. Bittasini tanlaysiz), ๐rus tili, ๐ Jismoniy tarbiya o'tiladi. Bularni bilasiz!
โ ๏ธESLATMA: Men hozir sizga tushunarliroq bo'lsin deb, bevosita, individual o'rganilib boshlaniladigan mavzulardan boshladim. Taqvim rejaga ko'ra, har bir fanda (!), birinchi navbatda (!), fanning predmeti, obyekti, maqsad va vazifalari o'rganiladi. Soddaroq aytadigan bo'lsam, siz shu fanda nimani o'rganishingiz va nima uchun, nima maqsadda o'rganishingiz kerakligini bilib olasiz. Eng birinchi shulardan boshlanadi.
Hamda, taqvim reja va o'tiladigan darslar ro'yxati har bir o'quv yili uchun bir xil bo'lmaydi, nisbatan o'zgarishi ham mumkin. Masalan men 1-kursligimda, falsafa fani 1-kurslarga o'tilmas edi. O'tgan yili o'tildi.
"Tarix" yo'nalishi (va boshqa yo'nalishlarga) kirgan talabalar - o'z sohangizning yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishingizni niyat qilaman. Maqsad yo'lida tolmang. Asl bilim xor bo'lmaydi.
๐ @TESTLIDER ๐ - bizga qo'shiling!