“Soliq siyosati va sog‘liqni saqlash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

“Soliq siyosati va sog‘liqni saqlash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

EconomyMoliyaPress

Joriy yilning 12–13-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun soliq siyosati” loyihasi doirasida “Soliq siyosati va sog‘liqni saqlash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlikning Soliq-bojxona siyosati va daromadlar prognozi departamenti mutaxassislari, bir qator vazirlik va idoralar vakillari hamda BMTTD ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuvning birinchi kunida, avvalo, joriy va rejalashtirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Shuningdek, qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlarini o‘rganish va aniqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, soliq va sog‘liqni saqlashga e’tibor qaratgan holda, “BRM uchun soliq siyosati dasturi” diagnostika baholash vositasini joriy etish bo‘yicha fikrlar almashildi. Uchinchi BRM bo‘yicha diagnostika baholash vositasi natijalari loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Seminarning ikkinchi kunida ham qizg‘in savol-javoblar va muhokamalar davom etdi. “BRM uchun soliq siyosati” loyihasi taklifini taqdim etish, shu jumladan, “BRM uchun soliq siyosati dasturi” diagnostika vositasini, bundan tashqari, soliq va sog‘liqni saqlash bo‘yicha mavjud texnik yordamni qanday qo‘llab-quvvatlash mumkinligini baholash bo‘yicha fikrlar almashildi.

Shuningdek, soliq va sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosat ustuvorliklari hamda bu bo‘yicha mavjud salohiyatni oshirish ishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va rejalashtirilayotgan loyihalar bo‘yicha maslahatlashuvlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page