Sohibqiron Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi

Sohibqiron Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi

https://telegra.ph/

Bugungi kunda Amir Temurning davlatchilik, madaniyat, ilm-fan kabi sohalardagi ulkan me'rosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortmoqda. Buning isboti sifatida yurtimizda va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Sohibqironning butun dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasiga oid juda ko‘plab asarlar yaratilib, keng ommaga taqdim etilayotgani va uning o‘lmas me'rosini barcha ta’lim maskanlarida o‘rganilayotganini keltirib o‘tishimiz mumkin.

Sohibqiron Temurni yod etish va talaba-yoshlarning Vatanga bo'lgan vatanparvarlik tuyg'ularini kamol toptirish maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Agrotexnologiya fakulteti tyutori N.Adizova boshchiligida fakultet talabalari Sohibqiron tavalludining 687 yilligi munosabati bilan ko'hna va navqiron Samarqand shahri bo'ylab sayohat uyushtirishdi. Sayohatni buyuk siymo haykali poyiga tashrif bilan boshlashdi.

   O'zining rang-barang koshinkori bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O'rta Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi bo'lgan Registon maydoni keyingi manzil bo'ldi va boshqa bir qator diqqatga sazovor manzillarga yo'l olishdi.

   Talabalar ushbu sayohatda tyutor tomonidan berilgan ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Mazkur sayohatlar talabalarning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish bilan bir qatorda ularda buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan yuksak ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


🏛Axborot xizmati

Report Page