Sog'lom ovqatlantirish salomatlik mezoni mavzusida seminar tashkil etildi.

Sog'lom ovqatlantirish salomatlik mezoni mavzusida seminar tashkil etildi.

https://t.me/peshkuhokimiyat

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi Buxoro viloyati filiali rahbari Yodgarov Sobir Temurovich, filial texnologi, o‘qituvchi Latipova Maxbuba Amonovna, hamda filial menejeri Yodgarova Kamila Sadirovna tomonidan Maktabgacha taʼlim tashkiloti oshpazlari hamda xo'jalik ishlari mudirlari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda Peshku tuman maktabgacha taʼlim bo'lim mudiri, bo'lim xodimlari, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari, oshpazlari hamda xo'jalik ishlari mudirlari ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi - tarbiyalanuvchilarning sog'lom va barkamol o‘sishini taʼminlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni isteʼmol qilish uchun gigenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratishdan iborat.

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi Buxoro viloyati filiali rahbari Yodgarov Sobir o‘z so‘zida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshpazlari hamda xo'jalik ishlari mudiri tashkilotida sog'lom ovqatlantirishda zamonaviy uslublardan foydalangan holda olib borishi, har uch yilda xodimlar o'z malakasini oshirib borishi kerakligini aytib o‘tdi. Taʼlim tashkilotlarida tashkilot oshxonasining jihozlanishi, tarbiyalanuvchilarning sog'lom ovqatlanishi, taom tayyorlash jarayonida texnologiya qoidalariga amal qilish, oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida sanitariya, gigiyena qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish mavzularida oshpazlarga tushunchalar berildi.

Buxoro viloyati filiali oshpazlik kurslari onlayn rejimda olib borilib, kurslarni tugatganlarga maxsus toifali diplom beriladi.

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi Buxoro viloyati filiali barcha oshpazlar hamda xo'jalik ishlari mudirlarini malakasini oshirish maqsadida o'quv kurslariga o'qishga taklif etadi.

Peshku tumani hokimligi matbuot xizmati

Report Page