Sodiqlik

Sodiqlik

Sea

1-qism.

Tungi soat 5:00

Bugun Yunlar korxonasida katta o‘g‘rilik bo‘ldi. Janob Yunning shuncha yildan beri to'plab kelayotgan pullarini va o‘zini o‘g‘rilashdi. Bu voqeani eshitgan politsiya hodimlari voqea joyiga kelishdi. Bu voqea shaharga yashindek tarqaldi. Axir Janob Yun katta biznesman va shaharda o‘z obro‘si bor edi. Bu xabar olomon orasida ko'plab muhokamaga sabab bo‘ldi. Axir katta biznesman bir kunda pullari va o‘zi g‘oyib bo‘ldi. Bu qanday sodir hech kim bilmaydi. Hamma qanday sodir bo‘lishganiga qiziqardi. Bu masala esa komissar Fionani zimmasiga tushgan edi. U voqea joyiga borib, hamma yerni sinchiklab kuzatdi. Shubhali dalillar topdi. Kechqurun soat 12:oo gacha ishxonada qolib ishlardi. Fiona 12 yarimlarda uyiga keldi. Keldi-yu erini uxlamaganini ko‘rdi.

Taehyung- Nega kech kelding?

( Taehyung 2 yildan beri yura olmaydi. Bunga sabab 2 yil burun uyiga jinoyatchilar kirib uni yuqoridagi zinalardan itarib yuborishgan. O‘g‘rilar bo‘lsa uydagi bor narsalarni olib ketishgan. Fiona uyga kelganda hamma joy ostun-ustun edi. Taehyung esa hushsiz yotardi. Uni shifoxonaga olib borishganda orqa miyadan lat yeganini aytishgan edi. U boshqa yura olmasdi.)


Fiona- Ishim ko‘payib ketdi. Nimaga uxlamadingiz?

Taehyung-Sendan xavotir oldim. Kun bo'yi uyda o‘tirib uxlashdan boshqa ishim yo‘q.

Fiona- Sizga ham qiyin.

Taehyung- Ishingni o‘ylamay o‘zingni ham o‘yla.

Fiona- Vatanga xizmat qilish, xalqni xotirjam yashashi uchun men ko‘p ishlashim kerak.

Taehyung- Qachongacha Vatan deb yashaysan. O‘zing uchun ham yasha. Boshqa xotinlarga o‘xshab eringni ko‘ngliga qara.

Fiona-Mayli ertaga sizga shirin ovqatlar pishirib beraman. Hozir esa charchadim. Keling uxlaymiz.

Taehyung-Gapni boshqa yoqqa burma.

Fiona-Gapni boshqa yoqqa burmadim.

Fiona erini yuvintirib, joyiga yotqizib o‘zi ham uni yonida yotib, bugungi voqealarni erini aytganlarini o‘yladi. Rostdan ham Taehyungga ko‘p paytdan beri e‘tibor bermay qo‘ygan edi. Xotin bo‘lib unga qachon shirin ovqat pishirib bermaganini o‘yladi. Shu o‘ylar bilan uxlab qoldi.


Ertalab

Fiona ertalab eri uchun nonushta tayyorlashga kirishdi. Mazali ovqatlar pishirib berib erini ko‘nglini olmoqchi bo‘ldi. Mazali hidlar isidan Taehyung ham turdi. Fiona erining yoniga keldi.

Fiona-Xayrli tong azizim.

Fiona eriga quchoq ochib yoniga bordi. Lekin Teahyung Fionadan o‘zini olib qochdi.

Taehyung-Hm senga ham.


Fiona-Haliyam xafamisiz mendan?

Taehyung-Kim aytdi.

Fiona- Shunchaki e'tiborsiz gapirdingiz.

Taehyung- Unday emas.

Fiona-Keling siz uchun mazali taom tayyorladim.

Taehyung-Rostdanmi

Fiona- Ha. Bugun erimni ko‘nglini olgim keldi.

Taehyung- Juda yaxshi.

Taehyung bilan Fiona shunday gaplashib turganida televizorda bir ovozni eshitishdi. Noma'lum odam Janob Yunni yonida turardi. Janob Yunni qo‘l oyog‘i bog‘langan edi.

Noma'lum odam- Agar Yunni tirik qoldirishimni istasangiz menga mana shu hisoblarga pul yuborishingiz kerak. Aks holda janob Yun o‘ladi.

Televizorda o‘sha odam Janob Yunni bitta barmog'ini uzib oldi. Buni ko‘rib Fiona shokda edi.

Hamma odam shokda qoldi. Butun omma oldida bitta odamni barmog‘ini uzib olishdi. Kimlardir yig‘lashsa kimlardir haliyam o‘ziga kelmagandi. Fiona haliyam o‘ziga kelmagan edi. Buni Taehyung sezib qoldi va Fionani qo‘lidan ushladi. Lekin Fiona bunda Taehyungga e‘tibor bermadi. Taehyung bundan qo‘rqib ketdi.

Taehyung- Fiona yaxshimisan?

Fiona- Ha Nima dedingiz Taehyung.

Taehyung-Azizam senga boyadan beri gapiryapman. Yaxshimisan

Fiona-Ha yaxshiman azizam.

Fiona yana o‘yga toldi. Fionaga shu paytda telefoni jiringladi. Taehyung Fionani turtdi. Fiona buni sezmadi. Taehyung yanada qattiqroq turtdi. Fiona o‘ziga keldi.

Taehyung-Xayoling qayerda. Telefoning jiringlayapti.

Fiona-Xayolim joyida Teahyung. Hozir mana.







Report Page