Soch to'kilishi.
Kasalliklar kanali
Soch to'kilishi ( alopetsiya ) - butunlay to'klish va yangi sochlarning yaxshi o'smasligi bo'lib, boshning sochli qismida, yuzda,goxo badanda va qo'l va ayoqlarda ularning siyraklashuvi yoki butunlay yo'qolishini o'zida namayon etadi, soch piyozlari ( follikullar ) zararlanishi natijasida ro'y beradi.
π Soch to'klishiga quydagi omillar sabab bo'ladi:
β‘ Avloddan - avlodga o'tadi;
β‘ Garmonal buzulishlar ( xomiladorlik, qalqonsimon bez kasalanishi, tuxumdon polikistozi )
β‘ Oqsil va mikroelementlar yetishmovchiligi;
β‘ Teri kasalliklari ( shu jumladan zamburug'lar ).
β‘ Ayrim dori preparatlarni ichish ;

Mutaxassislar alopetsiyani bir qancha turlarga bo'ladilar: oddiy, simptomatik, o'choqli, chandiqli.

π Oddiy ( androgenetik ) alopsiya.
Soch to'klishining eng ko'p uchraydigan sababi erkak jinsiy garmonlarining to'q follikullariga ta'siri bo'lib, avlodda - avlodga o'tib keladi.
Alopsiyaning bu turi erkaklarda ham ayollarda ham uchraydi. Soch to'klishining dastlabki zuxuri yoshlikdan ko'zga tashlanadi. Jarayon ko'pincha uzoq cho'ziladi va mavsumiy tus oladi. Erkaklarda bir zayilda soch siyraklashadi-yu, ammo butunlay to'klib ketmaydi. Ensa va chakkalarda soch saqlanib qolishi diqqatga sazovor, chunki bu joylardagi soch piyozi ( ildizi ) o'z irsiy xususiyatiga ko'ra, erkak jinsiy garmonlari ta'siridan xolidir.
π Simptomatik ( diffuzli ) alopetsiya:
Sochning bir zayilda siyraklashuvi va asta - sekin ularning to'kilishi bilan izoxlanadi.
U turli sabablar natijasida yuzaga keladi: qattiq istma, qon ketishi, ochlik, og'ir anemiya, tug'uriqdan keyin, Stress, surunkali zaxarlanish; ayollarning xomilaga qarshi vositalardan foydalanishi.
π O'choqli ( uyali ) alopsiya;
Soch o'choq - o'choq bo'lib, kichik -kichik maydonchalar xosil qilib to'kiladi. Bu joylardagi teri salqi, yaltroq ko'rnishga ega bo'lib, fil suyagi rangiga tortib ketadi.
Bu kasallikning rivojlanishida soch ildizlari oziqlanishi buzulishi, ayrim xollarda - kasal yuqishi axamyat kasb etadi. Bu xil soch to'kilishida oson yuvilib ketuvchi tagi bo'sh sochlar ko'proq to'kiladi.
π Chandiqli alopsiya:
Soch piyozi ( ildizi ) yemirilishiga va terining chandiqli o'zgarishlariga olib keluvchi kasalliklardan keyin rivojlanadi. Jaroxat yetkazuvchi ta'sirotlar ( kuyish, nur dermatitlari ) , yuqumli kasalliklar ( fovus, tirixofitiya, mikrosporoya), teri kasalliklari ( teri sili, sklerodermiya ) oqibatida yuzaga keladi.

Agar soch to'kilishi sizni bezovta qilayotgan bo'lsa, munosib muolaja tanlash uchun dermatolog ( kasmetolog )ga murojaat qilish kerak.
