Smartfonlar uchun TOP Brauzerlar
Yoqubov Xojiakbar
So'nggi yillarda kompyuterda bajariladigan ishlarni ko'p qismini smartfonda bajarish mumkin bo'lmoqda. Cho'ntak kompyuterining imkoniyatlari vaqt o'tgan sari ko'paymoqda. Smartfonning asosiy dasturlarlaridan biri bu brauzer. Agarda brauzer yaxshi va keng imkoniyatli bo'lsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Quyida mobil telefonlar uchun foydalanishga "arziydigan" brauzerlar ro'yxati.
- Opera Browser

- Baho: 4.8 (Google Play)
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 100 million+
Opera brauzerni Nokia telefonlaridan foydalanganlar juda yaxshi bilishadi. Ko'p yillik tajribaga ega brauzer foydalanuvchilarga bir qator foydali imkoniyatlarni taqdim etadi. Qulay interfeys, reklama blokirovkasi, VPN shular jumlasidandir.
Foydali imkoniyatlari:
- Internet trafikni tejaydi
- VPN
- Chiroyli dizayn
- Kripto hamyon
Yuklash: Google Play | App Store
2. Microsoft Edge: Web Brauzer

- Baho: 4.8
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 10 million+
Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan Microsoft Edge: Web Brauzeri Microsoft Edge reklamalarni chetlab o'tish uchun AdBlock, kuzatuvni oldini olish InPrivate ko'rish va InPrivate qidiruvini taklif qiladi. Brauzer tarixingizni xavfsizroq saqlaydi va onlayn maxfiyligingizni himoya qiladi. Microsoft Edge'da Kompyuterda davom etish funksiyasini tanlab ishingizni Chromedan farqli o'laroq darrov Edgening kompyuter versiyasida davom etishingiz mumkin.
Foydali imkoniyatlari:
- Sahifani ovoz chiqarib o'qib beradi +O'zbek tili ham bor
- Kompyuterda davom etish
- Tezkor chop etish
- Manzillarni saqlash ularni tartibga solish
Yuklash: Google Play | App Store
3. Yandex Brauzer

- Baho: 4.6
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 100 million+
Rossiyaning Yandex kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan brauzer vaqt o'tgan sari foydali va qulay imkoniyatlarni qamrab olmoqda.
Foydali imkoniyatlari:
- Sahifalarni tarjima qiladi +O'zbek tili bor (2 xil, Lotin va kiril yozuvida)
- Brauzerning uy sahifasi mukammal dizaynga ega
- Alisa virtual yordamchi
- Aqlli rasm qidiruvi
Yuklash: Google Play | App Store
4. Firefox Fast

- Baho: 4.5
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 100 million+
Foydali imkoniyatlari:
- O'quv rejimi
- Qo'shimchalar (Reklama bloklovchi, Parollar menejeri va hokazo)
- Qidiruv panelini istagan joyingizga joylashtiring
Yuklash: Google Play | App Store
5. DuckDuckGo

- Baho: 4.8
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 10 million+
Kuzatuvga qarshi ishonchli brauzerlardan biri Ishlab chiqaruvchilarning shiori: Minimal harakat maksimal maxfiylik.
Foydali imkoniyatlari:
- Yashirin kuzatuvchilarni blokirovka qiladi.
- Saytlarni shifrlangan ulanishdan foydalanishga majbur qiladi.
- Anonim qidiruv.
- Siz tashrif buyurgan har bir saytning maxfiylik reytingi.
- Yong'in tugmasi: Bir marta bosish bilan barcha ma'lumotlarni o'chirib tashlash mumkin.
Yuklash: Google Play | App Store
6. Brave Maxfiy Brauzer

- Baho: 4.5
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 100 million+
Foydali imkoniyatlari:
- Reklamalarni bloklaydi 3x
- Boshqa brauzerdagi barcha ma'lumotlarni 1 daqiqada import qiladi
- Bepul video qo'ng'iroq, offline pleylist
- Quvvatni kam sarflaydi
Yuklash: Google Play | App Store
7. Tor

- Baho: 4.3
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 10 million+
DarkWebga qiziqqan va Internet maxfiyligi haqida qayg'uradiganlar uchun brauzer. Hech kim qaysi saytlarga kirganingizni aniqlay olmaydi. Siz oddiy brauzer orqali oddiy foydalanuvchi kira olmaydigan saytlarga ham kira olasiz.
Foydali imkoniyatlari:
- Sizni uchinchi tomon kuzata olmaydi
- Barcha cookie fayllar tozalanadi
- Bloklangan saytlarga bepul kirishingiz mumkin
Yuklash: Google Play | App Store
8. Uc Browser

- Baho: 4.1
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 1 milliard+
Foydali imkoniyatlari:
- Video pleyer sifatida foydalanish mumkin
- Yuklab olish tezligi yaxshi
- Facebook rejimi
Yuklash: Google Play | App Store
9. Samsung Internet Browser

- Baho: 4.4
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 1 milliard+
Foydali imkoniyatlari:
- WearOS soatlarni qo'llab quvvatlaydi
- Moslashuvchan asboblar paneli
- Yaxshiroq qorong'i rejimi
Yuklash: Google Play | App Store
10. Google Chrome

- Baho: 4.2
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 10! milliard+
Nafaqat Android uchun balkim barcha smartfon foydalanuvchilari ko'p ishlatadigan brauzer bu shubhasiz Google Chrome hisoblanadi.
Foydali imkoniyatlari:
- Internet sekin bo'lsa ham yaxshi ishlaydi
- Chet tillardagi web sahifalarni sifatli tarjima qiladi
- Ajratilgan matndan rangli kartalar yaratish uni matn yoki havola ko'rinishida ulashish
- Parallel yuklash tezligini oshirish
Yuklash: Google Play | App Store
*Bonus Phoenix Browser

- Baho: 4.5
- Hajmi: Qurilmaga qarab o'zgaradi
- Yuklangan: 100 million+
Foydali imkoniyatlari:
- Ijtimoiy tarmoqlardan fayllar (video, audio, hujjat va boshqalar)ni yuklash
- Kuchli fayl menejeri: Word, Excel, ppt, pdf va boshqalar kabi 50 dan ortiq fayl formatlarini qo'llab-quvvatlaydi.
- Do'stlaringizning Whatsapp statusini osongina saqlab olishingiz mumkin.
Yuklash: Google Play | App Store
Bu kabi ma'lumotlarni uchun Proapk Telegram kanalimizga qo'shiling
Link 👉 https://t.me/Proapk_uz