“Smart turizm: Xorijiy tajriba va uni O‘zbekistonda qo‘llash istiqbollari”

“Smart turizm: Xorijiy tajriba va uni O‘zbekistonda qo‘llash istiqbollari”

Toshkent

“Smart turizm: Xorijiy tajriba va uni O‘zbekistonda qo‘llash istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari F.Davrukov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi A.Hamzayev va bir qancha mutasaddi hamda hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi. 


Unda “Turizm sohasida kreativ industriyani rivojlantirish istiqbollari”, “Ichki turizmda smart turizmni qo‘llash istiqbollari”, “Raqamli Toshkent” va “Smart turizm faoliyatini boshqarish jarayoniga yondashuvlar” kabi bugungi kunda o‘ta dolzarb bo‘lib turgan mavzular muhokama qilindi. 


Anjuman davomida F.Davrukov Toshkent shahrida “Smart turizm”ni rivojlantirish muhim ijtimoiy rivojlanish bo‘lishiga urg‘u berdi. “Hozirgi kunda mamlakatimiz, jumladan Toshkent shahri sun’iy intellekt, raqamli (digital) platformalar, programmalar sohasi iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida jadal rivojlanib bormokda. Albatta, bu o‘zgarishlar turizmga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shu sababli, “Smart turizm” loyihalarini ishlab chiqishimiz, strategiyalar tuzishimiz, yangi texno-logiyalardan maksimal foydalanib turizm sohasidagi muommolarni yechishga urinib ko‘rishimiz va sayohat qilishni bu texnologiyalar yordamida osonlashtirishimiz zarur.” - deydi hokim o‘rinbosari.

Ta’kidlash joizki, Smart turizm–turizm sohasini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Smart turizm sohasi rivojlanishiga yorqin misol sifatida aviabiletlarlarni online sotib olish, mehmonxonalarni bron qilish, online to‘lov qilish, xujjatlar to‘ldirishni maxsus platformalarda to‘ldirish, turistlarda yuzaga kelgan savollarga “Feedback” berish, ya’ni maslahat berish, turistik manzillarni borishdan avval kuzatish, u manzillar haqida yozilgan izohlarni va qo‘yilgan baholarni tekshirish imkoniyatlari yaratildi. 

Shu bilan birga GPS orqali qaysi hududda turganimizni aniqlab olib, manzilimizni oson topib borish imkoniyatidan tortib, aeroport tekshiruvlarini osonlashtirishda, biometrik ma’lumotlarni olishda, kuzatuv kameralari orqali yo‘lovchilarni yuz ifodasi orqali tanib olishda yordam berishi kabi muxum innovatsion turizm imkoniyatlari ta’kidlab o‘tildi.

Konferensiya yakunida Turizm sohasini rivojlantirish, unda zamonaviy innovatsion loyihalarni ishga tushurish, mamlakatimizga horijiy turistlarni jalb qilish maqsadida qulay imkoniyatlar yaratish va eng asosiysi "smart turizm" sohasida katta hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yib horij tajribasini o'rganish kabi bir qancha rejalar belgilab olindi.  










Report Page