Skill Development Marafon

Skill Development Marafon

Khamidulla

Yuqoridagi blog postimda “Skill Development” marafon haqida gapirib oʻtgandim. Bugun vaqti kelib shu haqida toʻliqroq malumot bermoqchi edim. Hech kimga sir boʻlmasa kerak marafon bu yugurish boʻyicha musobaqasining bir koʻrinishi boʻlib u boshqa yugurish musobaqalaridan uzunligi (42 km yoki 40km) boʻyicha ajralib turadi. Bu masofani bosib oʻtish uchun katta matonat va sabr kerak. Men oʻtkazmoqchi boʻlgan “Skill development” marafoni xam yugurush marafoniga oʻxshab uzunligi bilan farq qiladi. Bu marafonni 15 iyundan 15 dekabrgacha davom etadi (6 oy) va uni ishtirokchilaridan (daily commitment) kundalik majburiyat talab qiladi.

So’rovnomada qatnashgan ishtirokchilarni takliflarini etiborga olgan holda “Algorithm and Data Structure” (ADS) yo’nalishini asosiy deb tanlab oldim. Bu degani DevOps, Backend Development yoki boshqa yo’nalishlardan malumotlar berilmaydi degani emas.

Xo’p endi asosiy kundalik majburiyatga keladigan bo’lsak 15 iyundan qo’shimcha kanalimda kundalik masalalarini e’lon qilib boraman va ularga tegishli bo’lgan reading materiallarni berib boriladi. Asosiy kanalimni faqat blog postlar uchun ishlatmoqchi bo’lganim uchun qo’shimcha kanalimga qo’shilishingiz shart agar marafonda ishtiriok etmoqchi bo’lsangiz. Sizni vazifangiz shu kundalik materiallarni o’qib kun maboynida masalalarni ishlab borishingiz kerak. Xar xafta yoki xar ikki xaftada ADS dan bir soatlik stream o’tkazish rejam bor. Bu streamlarda ADS ga taluqlik mavzularni yoritib berishga va interview jarayoniga qanday tayorlanish borasida o’z maslaxatlarimni berib boraman.

Asosiy mavzudan tashqari xar xaftaning juma kunlari “YouTube watch party” eventini o’tkazib bormoqchiman. Unda xafta davomida ko’rgan IT soxasiga taluqli video materiallarni ulashaman. Bunda siz xam ishtirok etishingiz mumkin bo’ladi.

Xafta davomida Telgramda qisqa Q&A sessionlarni xam tashkil etmoqchiman berilgan maslalar bo’yicha lekin buni qachon va nechi marta bo’lishini aniq ayta olmayman xozircha. Q&A sessionalari bir kun oldin e’lon qilib xabar beraman.

Bundan tashqari o’zim bilgan va taniydigan injenerlar bilan gaplashib qo’yganman ular bilan bir oyda bir yoki ikki marotoba podcast xam yozish niyatim bor. Bunday podkastlarda siz xam o’z savollaringiz bilan qatnashishingiz mumkin bo’ladi.

Marafon oxirida active ishtirokchilari orasida kontest otkaziladi (active ishtirokchilarni saralash algorithmi oshkor etilmaydi) va uchta sovrinli o’rin bo’ladi 😊. Xozircha birnchi o’ringa quyda rasmga keltirilgan swaglarni bermoqchiman 😉.

Marafonda qatnashish uchun shu post e’lon qilingan blog postga komentariya sifatida o’zingiz xaqingizda quyidagi ma’lumotlarni ulashing:

  • Ism
  • Dasturlash tili
  • Leetcode profiliga link

Bu marafon xaqida o’z tanishlaringiz bilan xam ulashing. Startga 15 kun qoldi.

P.S: Agar marafon xaqida takliflar yoki savollar bo’lsa blog postga komentariya sifatida yozing.

Report Page