Sizni baxtli qiluvchi narsa

Sizni baxtli qiluvchi narsa

Oybek Qosimov

Assalom alekum ahli you tube va ahli telegram sizlar bilan men Oybek Qosimov. Bilasizlarmi hayotda bizni maqsadimiz hursand qilmaydi, chuqurroq olib qaraganizda sizni hursand, baxtli qiladigan narsa bu maqsadga eltadigan yo'ldir. Menda shunday holat bo'lganki yoshligimda Rassiyada ishlayotgan vaqtimda hech qachon katta summa daromad ko'rmasam kerak deb o'ylardim. Hudoni qudrati ila shunday bo'ldiki men bir joyda ishlardim va birinchi bo'lib 500 $ oylik olganman, o'sha vaqtda rossa ham yig'laganman. Hudoga shukur qilganmanki men ham hayotda 500 $ oylik olsam bo'larkan deb hirsandchiligimdan yig'laganman. Keyinchalik shunday bo'ldiki ming $ 3= ming $ topishni o'rgandim qiyin emas ekan. O'ylagan vaqtimda shunday bo'lganki bir kinodan tushundim bizni asosan maqsad hursand qilmas ekan, bizni maqsadga eltuvchi yo'l hursand qilar ekan. Agar siz qimmatroq moshina olishni orzu qilayotgan bo'lsangiz, u moshinani minganizdan keyin 2-3 yoki 10 kun hursand bo'larsiz undan keyin sizga bu moshina hirsandchilik olib kelmay qo'yadi. Oddiy moshina o'sha moshina bo'lib qoladi. Lekin mantiqan o'ylab qarasangiz o'sha moshinani olgancha qilgan harakatlariz sizga hayotda quvonch olib keladi, baxt keltiradi. Eng asosiysi siz har doimo maqsadiz sari harakatlanayotgan vaqtda baxtli bo'lasiz. "Мирный воин" degan kino bor bu real hayotga asoslangan kino. Instagramga 17 ta kinolar ro'yhatini qo'ygandim kim karantinda zeriksa ko'radigan. Bu ro'yhatni menga ustozim Saidmurod Davlatov bergan. Kino ko'rmoqchi bo'lsang mana shu kinolarni ko'r degan. Men ulardan 10 tachasini ko'rib chiqdim. Bo'sh vaqtim bo'lsa qolganini ham ko'rib chiqaman. Hozir "Мирный воин" deganini ko'rib chiqdim juda ham chuqur ma'noli kino ekan, real hayotga asoslangan. Bor narslarni olishgan 1946-yili tug'ulgan ekan hozir ham tirik ekan. Ko'rishni tavfsiya qilaman. Odamlar hayotda shunday bo'lishadiki biror-bir kor hol bo'lib oyog'lari sinib yoki boshqa nimadur shunda hamma narsadan o'zini orzularidan voz kechib shunchaki o'zlarini o'likka chiqarib qo'yishadi. Forest Gamp degan kino bor, film voqeasida urush bo'ladi va kapitan oyog'laridan ayriladi va kapitan shunchaki ichib ichkilikka berilib ketadi yashashni to'htatadi. Uni hayotga qaytaradigan inson esa Forest bo'ladi. Hayotda ham undaylar bor nimadur kor-hol boladida va u tushkunlikka tushub hayotda hech narsa qilmaydi. Bunday bo'lmasligi kerak, nimaki bo'lsa hamma narsani hayotda hikmati bor. Nimaiki bo'lishidan qat'iy nazar bekorga bo'lmaydi. Men bekorga aytmadim buni bitta bola bor edi ismi yodimdan chiqib qoldi. O'sha bola poraplanetada uchib ketayotgan paytida nimadur bo'lib yiqilib tushgan va beli singan qaytib yurolmaydigan bo'lgan. Shifokorlar sen qaytib yurolmaysan deyishgan. Ana shu odam elektrli nogironlar kreslosini o'ylab topadi. Shundan keyin u milliarder bo'lib ketadi. Nimaki bo'lsa o'ziga yarasha hikmati bo'ladi. Doim maqsad qo'yayotganizda hayotda to'siqlar keladi ana shu to'siqlardan emotsional holatni tushurvormasdan shundan ham bitta hikmat olib pozitiv holatda doimo oldinga harakatlanishni boshlang. Maqsad sari harakatdan to'htamang. Harakat qilayotgan vaqtizda ham zavqlanib o'sha vaqtdan ham o'zizga foydali narsa chiqarishga harakat qiling qanday sharoit bo'lishidan qat'iy nazar.

Mening you tube kanalim:

Oybek Qosimov vlog

Report Page