Siz talaba bo’ldingiz...

Siz talaba bo’ldingiz...

Alisher Umirdinov

Universitet yoki institutdagi 4 yil siz uchun umringizdagi eng qadrli davr. Bu davrda siz TALABA deya nomlanib, oilangiz a’zolari ham o‘qishdan boshqa masalalarda sizdan katta yordam kutishmaydi. Demak, talabalik bir ma’noda – oila va jamiyat oldida eng kam mas’uliyat talab etiladigan davr hamdir. Ammo «oltin davringiz» tugashi bilan oilangiz va jamiyat sizdan katta ishlar kutishni boshlashadi. Vaholanki, umidlaringizga qarshi yuqori maoshli ish sizni kutib turgani yo‘q. O‘zbekiston mehnat bozoridagi raqobat kun sayin qiziganidan qizimoqda. Ko’ngildagidek ish topish esa hecham oson emas. 

Do’ppini bir chetga qo’yib, tafakkur qilishga urinib ko’ring: nima qilsak, universitet ostonasidan chiqganimiz hamon hayotimizning silliq va farovon kechishiga erishish mumkin? Qanday qilib biz maoshi va muhiti yaxshi bo’lgan mehnat jamoasining a’zosi bo’lishimiz mumkin? Universitetni bitirmay turib ham bizni ishga oluvchilar ishonchini qozo­nish uchun qanday amaliy qadamlarni tashlashimiz kerak? Nima qilsak keyin afsus chekmaymiz? Ushbu kitob talabalarning mana shunday savollariga javob topish maqsadida nashrga tayyorlandi. 

Esda tuting: bakalavr bosqichi davri aslo qaytib kelmaydi. Demak, undan maksimal foydalanib qolishga harakat qilish lozim. Talabalikni shunday o‘tkazish ke­rakki, bu davrdagi sizning tizimli harakatlaringiz o‘z sohangizda, albatta, muvaffaqiyatga erishtirsin. Vaholanki, har yili yurtimiz oliy ta’lim muassasalarini bitirayotgan o‘n minglab talabalarning hammasi ham muvaffaqiyat qozonyapti deb aytolmaymiz. Qo‘lingizdagi kitob esa aynan shu maqsadga erishish yo‘lida sizga xolis yordamchi bo‘ladi degan umiddamiz.

Report Page