Siz lidermisiz va kelajakda zamonaviy rahbar boʼlmoqchimisiz?! Unda bu loyiha siz uchun.

Siz lidermisiz va kelajakda zamonaviy rahbar boʼlmoqchimisiz?! Unda bu loyiha siz uchun.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali qoshida haqiqiy lider yoshlar va yosh davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Kelajak liderlari" klubi faoliyati yo‘lga qoʼyilmoqda!Klub faoliyatini yo‘lga qo'yishdan asosiy maqsad davlat fuqorolik xizmati uchun Yangi avlod kadrlarni tayyorlashdir.

Bu loyiha 20-35 yoshdagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari, davlat organlari va tashkilotlaridagi yosh davlat xizmatchilar uchun mo‘ljallangan.


Klub aʼzoligi uchun hujjat topshirgan nomzodlar 4 bosqichli ochiq tanlov orqali saralanadi:

1-bosqich Hujjatlar ko‘rib chiqiladi.

2-bosqich Test sinovlari ("Kelajak liderlari" platformasida test topshiriladi, 60 va undan yuqori ball olgan nomzodlar keyingi bosqichga oʼtkaziladi).

3-bosqich Yozma insho.

4-bosqich Suhbat.

 

Klub a'zosi bo‘lganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin:

-Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash;

-Klubdagi faolligi natijasida to‘plangan ballarni imtiyozlarga almashtirish tizimi;

-Rahbarlik lavozimlariga zaxiraga kiritish;

-Har yili klubning faol a'zolarining Davlat boshqaruv akademiyasiga o‘qishga borishi;

-Davlat xizmatini keng tanishtirib borish maqsadida vazirlik va idoralarga sayohat, ochiq eshiklar kunlarini tashkil etish;

-Klubning faol a'zolarini davlat mukofotlariga tavsiya etish.



Report Page