Siz bilmagan 5 ta fakt.
Khan Academy Oʻzbek- Sigirlar bir-birlari bilan his-tuygʻularini boʻlisha oladi.
Sidney olimlari 5 oy davomida sigirlar podasini o‘rganishdi va bu hayvonlar ovozlarining balandligini o‘zgartirib, ..... o‘zlarining his tuyg‘ularini yetkazishga qodir, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqotchilar bu fermerlarga hayvonlarning hissiy holatini aniqlash va uni yaxshilash uchun yordam berishiga ishonishadi.
2. Olimlar dinozavrlar qanday yurganini bilish uchun tovuqlarga soxta dumlar qo‘yishdi
Tirannozavr Reks — mashhur dinozavrlardan biri bo‘lib, olimlar bu gigant qanday yurganini hali ham tushunishmaydi. Maʼlumki, tovuqlarning kelib chiqishi dinozavrlar bo‘lgan. Shu sababli tajriba o‘tkazishga qaror qilindi, yaʼni dumlar yaratilib, ularni qushlarning ustiga, dinozavr tanasining shu qismiga yaqinroq bo‘lgan yeriga qo‘yishdi.
3. Vatikanda 1 kv.kmga 2 ta Rim papasi to‘g‘ri keladi
Vatikanning maydoni 0.49 kvadrat kilometrni tashkil etib, u dunyodagi eng kichik davlat hisoblanadi.
4. Xitoyning baʼzi hududlarida politsiya soqchi itlarni g‘ozlar bilan almashtirdi
G‘ozlar yaxshi eshitish, ajoyib ko‘rish qobiliyati bilan birga tajovuzkor va baland ovozga ega. Shu sababli Sinszyan viloyatining qishloq joylardagi politsiya bo‘limlari kechalari g‘ozlar tomonidan qo‘riqlanmoqda.
5. Kitlar ham quyoshda toblana oladilar
Britaniyalik olimlar ultrabinafsha nurlari taʼsirida kit terisi qorayishini aniqladilar. Koʻk kitlar ko‘proq toblanishga moyil ekan, bunga sabab esa, ularning terisi och rangdaligidir. Eng ko‘p toblanish kashalot va finvallarda qayd etilgan. Baʼzi sutemizuvchilarda hatto quyosh taʼsiridagi kuyishlar ham qayd etilgan.
Matnda xato topgan boʻlsangiz, blog@bilimonlayn.uz email manzili yoki Telegram profilimizga xabar bering. Rahmat :)
Ushbu maqolani doʻstlaringiz bilan ulashing va bizni onlayn kuzating:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Medium | Vebsayt