Siyosiy-ma’rifat soati qiziqarli o‘tdi

Siyosiy-ma’rifat soati qiziqarli o‘tdi


Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

Tadbirdan so‘ng Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yanada yaxshilash bo‘yicha Boshqarma boshlig‘i B.Pazilov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Boshqarma rahbari yig‘ilganlarning e’tiborni hozirda dolizarb masala bo‘lgan, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishida ishlarni faollashtirishga, ijro intizomiga roiya qilishga, boshqarmada jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha ishlarni yanada yahshilashga qaratdi. Yig‘ilish qarori bilan viloyat boshqarmasining yangi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari tayinlandilar.

Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev topshirig‘iga asosan yig‘ilishda so‘z olgan boshqarmaning jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Sh.Toshtemirov ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jonlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning oldini olish, yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘z ustida ishlashi, ko‘proq ish hujjatlarini o‘rganishdan iborat ekanligini uqtirib o‘tdi.

Tadbirda boshqarmaning sho‘ba boshlig‘i, ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zosi I.Sarimsaqov so‘zga chiqib, boshqarmalarda joriy yilning shu kunigacha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bilan tanishtirdi.

Rejaga asosan yil davomida muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan Yuritimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ma’naviy-marifiy ishlarga doir me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, diniy e’tiqod va insoniylik, sog‘lom turmush tarzi, odob-axloq masalalari, milliy g‘oya va mafkura, huquqiy savodxonlik va boshqa mavzularda tadbirlar tashkil qilinishi ta’kidlab o‘tildi. Hamda “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qili kun” bayram tadbirini o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Yig‘ilish qiziqarli o‘tdi va yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

Matbuot xizmati.


Report Page