Sirli imkoniyatlardan foydalaning

Sirli imkoniyatlardan foydalaning


Kamol To'xtayev

Smartfonlar davrida shaxsiy hayot kechirish qiyinlashib bormoqda. Hattoki, Facebook Messenger’dan to WhatsApp’gacha do'stlaringizga ularning xabarlarini ko'rganingiz haqida hisobot etib boradi. 


Ko'pchilik buning oldini olishning iloji yo'q deb o'ylasa kerak? Ammo, unday emas.


Quyida qanday qilib mashhur muloqot dasturlarida yuqoridagi funksiyani o'chirish mumkinligini aytiladi. 


Birinchidan, agar foydalanuvchining xohlamagan insonidan xabar kelsa, dastur darhol ochilmaydi. Barcha Wi-Fi va mobilь signallarni o'chiruvchi “Parvoz rejim”i yoqiladi. 


Ikkinchidan, bu rejim yoqilganidan so'ng, foydalanuvchi dasturni ochib, xabarni yuborgan insonga bildirmasdan o'qib ko'rishi mumkin va yuborgan shaxsning dasturida “ko'k tayoqcha”lar (xabar o'qilganini bildiruvchi belgi) paydo bo'lmaydi.


Uchinchidan, dastur foydalanuvchi tomonidan butunlay yopilishi zarur va “Parvoz rejim”idan ham chiqish mumkin. 


Shu qadamlar amalga oshirilganidan so'ng, xabarlarni yuborgan shaxs ularning o'qilganini bilmaydi. Faqat qabul qiluvchi onlayn bo'lganda ularni ochib o'qimasa bo'ldi.

Report Page