Sirli Bobil

Sirli Bobil

November 14, 2019

Darsliklarda nimagadir bu sivilizatsiya haqida juda kam ma'lumot beriladi. Ammo, Bobil tarixi ham qiziqarlliligi bo'yicha Misr va Yunoniston tarixlaridan hech ham qolishmaydi.


Bobil Mesopotamiya hududida joylashgan eng rivojlangan va asosiy qirollik boʻlgan. Mesopotamiya esa "ikki daryo" orasi degan ma'noni bildirib, Tigr va Yevfrat daryolari oraligʻida joylashgan, va asosan hozirgi Iroq hududini o'z ichiga olgan.

Mesopotamiya hududi


Keling, Bobil shahriga alohida to'xtalib o'tamiz.

Bobil har doim sirli va koʻplab afsonalar shahri boʻlgan. U insoniyat tarixidagi eng katta shaharlardan biri sifatida tan olinadi. Tarixi miloddan avvalgi 3-mingyillikda boshlanishiga qaramasdan, eng rivojlangan davrida maydoni 10 kv km, aholisi esa 200 000-500 000 odamga yetgan .(taqqoslash uchun hozirgi Buxoro aholisi 273 000 kishi)

Bu qadimgi dunyoning haqiqiy megapolisi edi. Hatto, hozirgi zamon bilan solishtirganda ham bu ancha katta shahar. U bo'laklar,mavzelar, ko'chalarga boʻlingan. Shahar to`rtburchak shaklida devor bilan o`ralgan edi. Gerodot devorlarni har biri 22km dan deb yozgan, lekin arxeologlar u har doimgidek oshirib yuborgan deb taxmin qilishadi. Albatta, bu yerda barcha megapolislardagidek bitta muammo -- turar joylar juda qimmat edi.

Bobil shahri


Nimasi bilan London emas-a?
Bobilga kirilgan Ishtar darvozasi(rekonsrtuksiya qilingan)


Bobil "gunohkorlar shahri" bo'lgan. Xristianlar va Yaxudiylar muqaddas bitiklarida shahar aynan shunday tasvirlab berilgan. Podshoh Navuxodonosor II Quddusni egallagach, yaxudiylarni majburlab Bobilga olib keladi. M.a 586-539 yillarda yaxudiylar Bobilda qolishga majbur bo'lishadi. Bu yaxudiylar tarixida Bobil asirligi nomini olgan. Yaxudiylar shahar aholisini juda jirkanch va hudosizlar sifatida qabul qilgan. Haqiqatan ham, Bobilda kambagʻal mavzelar boy mavzelarga qarshi chiqqan, ulardan nafratlangan. Kambagʻal mavzelarda kriminal atmosfera humkmron boʻlgan. U yerda huddi Italyan va Amerika mafiozilariga o'xshagan guruhlar o'girilik, qaroqchilik, fohishabozlik bilan shugʻullangan. Boylar esa o'zlaridan ketib qolib, insoniylikni yoqotishgan. Hatto bir boy shunchaki ko'ngilhushlik uchun, boshqa qo'shnisining devorini o'ziniki deb eʼlon qilib, sudda yutib chiqib, qoshnisi o'z uyini o'z qo'llari bilan buzishiga erishgan. Umuman buzuqlik hamma yerda boʻlgan, hatto ularning dinida ham. Tarix otasi Gerodot yozishicha, Bobillik har bir qiz go'zallik hudosi Mellitani rozi qilish uchun, umrida bir marta ehromga borib, chet ellik sayohatchiga o`zini bir kechaga sotishi kerak bo`lgan. Bu ishni qilmagunicha u uyiga qaytib kelishi mumkin bo`lmagan. E`tiborlisi, hatto boy oila qizlari ham shunday qilishga majbur bo`lgan. Ba`zilar, ular bu odatni xalqning genofondi yaxshilanishi uchun qilishgan degan taxminga borishadi.


Afsonaviy Bobil minorasi haqiqatda ham bo`lganmi?

Bobil minorasi yaxudiylar va xristianlar muqaddas kitoblarida tilga olinadi. Ularga ko`ra Buyuk toshqindan keyin Yer yuzida faqat bitta xalq va bitta til qoladi. Keyin esa sharqdan odamlar kelib, ikki daryo orasida Bobil shahrini va o`z qudratlarini ko`rsatish uchun osmonlarga yetadigan minora qurishmoqchi bo`lishadi. Hudo esa odamlarni har xil tilda gapiradigan qilib qo`yadi va quruvchilar bir birini tushunmay qolib, minora qurilishi oxiriga yetmay qoladi.

"Bobil minorasi" rassom Piter Byugel 1563-yil


Olimlar Bobil minorasining prototipi Bobilda haqiqatan bo`lgan 91 metrlik, eng baland Etemenanki zikkurati deb hisoblashadi. Zikkuratlar Bobilda ibodat qilish uchun va astronimik kuzatishlar olib borish uchun qurilgan. Etemenanki so`zi esa "osmon va Yer birlashadigan uy" deb tarjima qilinadi. U haqiqatdan ham juda baland bo`lgan. Taqqoslash uchun, Toshkent Citydagi Hilton mehmonxonasi balandligi 85.5 metr. Bobil imperiyasi qulagandan so`ng esa uning g`ishtlaridan teatr qurilgan.


Etemenanki


Bobil shahro avval Kir II , keyin Aleksandr Makedonskiy oxiri esa musulmonlar tomonidan bosib olinadi. Milodiy 1000-yillarda esa batamom o`lik shaharga aylanadi.

Hozirgi Iroq hududida harobalari saqlanib qolgan.

Bu shaharning hozirgi zamonda Google Earth dan korinishi. Strelka "Bobil minorasi" qoldiqlarini ko`rsatmoqda.










Report Page