Sirdaryoda o‘quv-seminar o‘tkazildi

Sirdaryoda o‘quv-seminar o‘tkazildi

“Uzagrostar xolding” MCHJ

“Yangiyo‘l – Agro Star” MCHJ tomonidan qamrab olingan Sirdaryo tumani “Quyosh” MFY da ixtisoslashgan mahsulotlarning yetishtirilishi va eksporti bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. 

Unda 250 dan ortiq tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda sohaga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.  

Seminar davomida Toshkent davlat agrar universiteti professor o‘qituvchilari, turkiyalik malakali agronom Jengiz Yalchin, “Ifoda agro kimyo tahlil markazi” MCHJ va eksportyor korxona mutaxassislari ilmiy va amaliy bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tadbir davomida korxona loyihalarini investitsion va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun biriktirilgan “Biznesni rivojlantrish banki” ATB tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik sovutish omborxonasi loyihani moliyalashtirish taqdimoti o‘tkazildi. Ma’lumot berilishicha, 2 gektar maydonni egallovchi mazkur loyiha bir vaqtning o‘zida 200 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotini saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyiha ishga tushishi bilan 12 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalari, urug‘ va o‘g‘itlar, qayta ishlanib, qadoqlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘quv-seminarda faol ishtirok etganlar tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillari “Yangiyo‘l – Agro Star” MCHJ hamda Sirdaryo viloyati Kichik biznesga ko‘maklashish markazi tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

 

Report Page