Sirdaryo tumanida "Mening armiyam-mening faxrim!" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Sirdaryo tumanida "Mening armiyam-mening faxrim!" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.

@Sir_hayoti

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo viloyat bo'limi va tuman bo'linmasi tashabbusi bilan Sirdaryo tumanidagi 525-sonli safarbarlik chaqiruvi rezervi batalionida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan harbiy xizmatchilarning farzandlari o'rtasida "Mening armiyam-mening faxrim!" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirokida tashkil etilgan rasmlar tanlovida bolajonlar tomonidan turli ijodiy rasmlar tayyorlandi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo viloyat bo'limi tomonidan tanlovda ishtirok etgan harbiy xizmatchilarning farzandlari diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo viloyat bo'limi matbuot xizmati

Report Page